#android
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi? 🖨
Android operatsion tizimi turli xil kompyuter periferik qurilmalariga ulanishni qo‘llab-quvvatlashi haqida bilarmidingiz?
Bular esa:
✅ fleshka,
✅ qattiq disk,
✅ sichqoncha,
✅ klaviatura,
✅ o‘yin kontrolleri,
✅ karnaylar,
✅ garnitura,
✅ web-kamera,
✅ printer,
✅ modem
✅ yoki umuman boshqa Android smartfoni bo‘lishi mumkin.
Bu uchun sizga shunchaki – OTG kabeli kerak bo‘ladi, uning bir uchi (microUSB) smartfonga, boshqa uchi (USB-host) esa tashqi qurilma ulanadi. Odatda qo‘shimcha drayverlar talab etilmaydi, smartfon gadgetni aniqlaydi va darhol u bilan ishni boshlashni taklif qiladi.
❗️Biroq, veb-kameraning ishlashi uchun USB Camera ilovasini yuklab olishingiz kerak bo‘ladi.
❗️Printerning to‘g‘ri ishlashi uchun PrintHard ilovasi mos keladi.
❗️Deyarli har qanday modemni smartfon bilan PPP Vidjet 2 do‘stlashtirib qo‘yishi mumkin.
👨🏻💻 @itspecuz
Post #1584
4.26K