TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5920 15.4K
#internet

🧾 Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish

Brauzerda ko‘plab varaqa (вкладка)larni ochganingizda — nima va qayerda joylashganini topishingiz qiyinlashadi. Har birini ustiga bosib chiqmaslik uchun, Google'da ajoyib funksiya — “varaqalar kartochkalari” mavjud. U faollashtirilgan taqdirda, sichqoncha ko‘rsatkichi varaqa (вкладка) ustiga olib borilganida, uning tarkibi mini panelda ko‘rinib turadi.

Uni faollashtirish tartibi:

1️⃣. Google Chrome brauzerini ishga tushiring va manzil satriga chrome://flags'ni kiriting.

2️⃣. “Tab Hover Card Images” bandini toping va uning qarshisidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Enabled” bandini tanlang.

3️⃣. Brauzer qayta yuklanib, o‘zgartirishlar amalda qo‘llanishi uchun brauzer oynasi ostida yuzaga keluvchi “Relaunch” tugmasini bosing.

4️⃣. Brauzer tezkor tarzda qayta yuklanadi (unda ochilib turgan varaqa (вкладка)lar qayta yuklanadi). Tayyor!

Agar kartochkalarni o‘chirib qo‘yishga qaror qilsangiz, u holda 2-qadamdagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Disabled” bandini tanlang va brauzerni qayta yuklang. Biroq yaxshisi o‘chirmagan ma’qul — bu chindan ham foydali opsiya.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →