TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2582 16.2K
#operatsion_tizim #security #maslahat

O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash

Agar sizning kompyuteringizdan vaqtinchalik foydalanuvchilar yoki bolalar kirib foydalansa, unda siz qachondir kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan fayllarga, ba’zida esa viruslarga duch kelishingiz aniq.

Windows USB Blocker dasturi tizimni zararkunanda dasturlardan himoyalagan holda, foydalanuvchiga USB-portlarni tez va to‘g‘ri bloklash imkoniyatini beradi.

Dastur o‘rnatilganidan so‘ng shunchaki Block USB Port tugmasini bosish kifoya, shunda foydalanuvchi har qanday saqlash qurilmasidan foydalana olmaydi. Biroq kamera, sichqoncha va klaviaturalarni ulashda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.

USB portlarini yana blokdan chiqarish lozim bo‘lsa, sichqonchaning chap tugmasi bilan shunchaki Unblock USB Port tugmasiga bossangiz bo‘ldi.

Dastur Windows’ning barcha versiyalarida juda yaxshi ishlaydi, lekin rus tilini qo‘llab-quvvatlamaydi va eskirgan interfeysga ega.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →