TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3839 13.2K
#operatsion_tizim #hardware

Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish 🖱🔃

1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satriga “Regedit”ni kiriting va qidiruv natijalaridan “Редактор реестра”ni tanlagan holda reyestr muharririni ishga tushiring.
2️⃣. Quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: "HKEY_CURRENT_USER\Control Panel\Mouse".
3️⃣. O‘ng tomondagi panelda “SwapMouseButtons”ga ko‘zingiz tushmagunga qadar pastga qarab tushing. Ushbu bandni tanlang.
4️⃣. Sichqonchaning o‘ng tugmasini asosiy tugma sifatida o‘rnatish uchun “Значение” matnli maydoniga “1”ni kiriting.
5️⃣. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlash uchun “OK” tugmasini bosing.
6️⃣. Ushbu o‘zgartirish kuchga kirishi uchun kompyuterni qayta yuklang.

↪️ Sichqoncha boshqaruvini ortga qaytarish uchun, ushbu qadamlarni takrorlang va “Значение” matnli maydoniga “0”ni kiriting.

ℹ️ Ushbu muammoning osonroq yechimini esa quyidagi maqolamiz orqali bilib olishingiz mumkin:
• Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →