TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.66K subscribers
Post #5048 11.1K
#operatsion_tizim

Windows 10'da bir nechta oynalar bilan ishlash 💠

Bir nechta oynalar bilan ishlashni soddalashtirish uchun Windows 10'da Прикрепить окна o‘rnatilgan funksiyasi mavjud, u ekranni bir nechta oynalar o‘rtasida ajratish imkonini beradi: ikki qismga — chapga va o‘ngga; yoki to‘rt qismga — ekran burchaklari bo‘ylab.

Odatda ushbu opsiya qoida bo‘yicha faollashtirilgan bo‘ladi, biroq Параметры (WIN + I) — Система — Многозадачность ketma-ketligi bo‘ylab o‘tib, uning holatini tekshirish mumkin. Прикрепить окна guruhi va ostidagi bandlari faol holatga keltirilgan bo‘lmog‘i lozim.

Ikki yoki undan ortiq dastur ishga tushirilgan paytida, istalgan oynani sarlavha satridan tutib turgan holda ekranning chap/o‘ng chetiga yoki ekran burchaklaridan biriga biriktirish uchun siljiting, va birikish sohasi ko‘rsatilganidan so‘ng sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboring.

2️⃣ qismga ajratish (chapga yoki o‘ngga siljitishda) paytida siz ekranning qolgan qismida oynani tanlash taklifini ko‘rasiz, uni tanlang va u o‘ng yoki chapdagi qolgan bo‘sh sohani egallaydi.

Ekranni 4️⃣ qismga ajratish paytida har bir burchak uchun oynani qo‘lda siljitishga to‘g‘ri keladi. Agar ekrandagi sohalar o‘lchami nisbatini o‘zgartirishni istasangiz, buni oynalar o‘rtasidagi ajratkichni siljitish orqali amalga oshiring.

Oynalarni tezkor joylashtirish uchun qaynoq klavishlardan foydalanish mumkin. Kerakli oynani tanlab WIN va ⬅️, ➡️, ⬆️ va⬇️ strelkalarini bosing.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →