#word
Butun abzatsni belgilashning uch oddiy usuli 📄
1-usul
Sichqoncha kursorini abzatsning istalgan joyiga o‘rnating va chap tugmasi bilan uch marta bosing. Bu butun abzatsni belgilash uchun xizmat qiladi.
2-usul
Sichqoncha kursorini abzats matnining chapki maydoniga olib boring, sichqoncha ko‘rsatkichi o‘ng tomonga qaratilgan strelka ko‘rinishiga o‘zgarishi lozim.
So‘ngra sichqonchaning chap tugmasini bilan ikki marta bosing, tayyor.
3-usul
Abzatsning zaruriy qismlarini klaviatura yordamida belgilash mumkin: kerakli abzatsda joylashganligingizga ishonch hosil qilib, CTRL + ↑ klavishlari birikmasini bosing. Kursor abzatsning boshiga o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng joriy abzatsni to‘liq belgilash uchun SHIFT + CTRL + ↓ klavishlari birikmasini bosing.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami;
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #4229
11K