TGViewer
Channel Public Channel
IT | Ishkal

IT | Ishkal

@it_ishkal

✓ Bu kanalda nafaqat kompyuter va OS'da balki butun IT sohasida vujudga kelgan muammoingizni yechishingiz mumkin.

• Reklama — t.me/techno_ads/405
Subscribers
13K
Photos
1.3K
Videos
740
Links
895
Recent Posts 20 shown
Post #3394 567

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 4
  • 🤩 2
  • 🔥 1
  • 👌 1
  • 🤣 1
Post #3393 1.01K
🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  • 😁 7
  • 💯 4
  • 😎 2
Post #3392 1.1K
🦠 Fleshkangizdagi hamma fayllar "yarlyk" bo'lib qoldimi? Ularni 1 daqiqada qaytaramiz!

Fleshkani kimgadir berib olganingizdan keyin ichidagi hamma papkalar yo'qolib, o'rniga faqat strelkali yorliqlar (shortcut) paydo bo'lib qolgan holatga duch kelganmisiz? Ko'pchilik "bo'ldi, virus hamma narsani o'chirib yuboribdi" deb fleshkani format qilib yuboradi.

Aslida fayllaringiz joyida turibdi, virus ularni shunchaki yashirib (hidden) qo'ygan!

Buni tuzatish yo'li:

➡️ Fleshkani kompyuterga ulang va uning harfini bilib oling (masalan: E: yoki F:).

➡️ Pusk'dan cmd'ni Administrator sifatida ishga tushiring.

➡️ Fleshka harfini yozib, Enter bosing (masalan: E: va Enter).

➡️ Quyidagi kodni yozing:
👉 attrib -h -r -s /s /d *.*

➡️ Enter bosing va 10-15 soniya kuting.

Bu kod barcha fayllardagi "yashirin" va "tizim fayli" degan belgilarni olib tashlaydi. Fleshkangizga kirsangiz, barcha hujjat va rasmlaringiz yana ko'rinadigan bo'lib qaytadi!

#Virus #Flashka #Foydali

🫡 @it_ishkal — O'chdi deb o'ylagan narsalaringizni ham tiriltiramiz!
  • 👍 11
  • 👌 3
  • 🔥 1
  • 🤩 1
Post #3391 1.47K
📄 100 varaqli PDF'dan faqat 1 ta sahifa kerakmi? Buni 5 soniyada ajratib oling!

Katta kitob, shartnoma yoki qalin qo'llanmadan kimdir bittagina sahifani so'rab qolsa nima qilasiz? Uni skrinshot qilib sifatini buzish yoki internetdan xavfli, reklamali saytlarni qidirib yurish shart emas.

Kompyuteringizdagi oddiy brauzerning o'zi buni bir zumda qilib beradi:

1. Kerakli PDF faylni sichqoncha bilan ushlab, Chrome yoki Edge brauzeri ichiga tashlang (yoki fayl ustiga o'ng tugmani bosib, Открыть с помощью -> Google Chrome qiling).

2. Klavituradan Ctrl + P (pechatga berish) tugmalarini bosing.

3. Printer tanlanadigan joydan (Destination / Принтер) "Save as PDF" (Сохранить как PDF) variantini tanlang.

4. "Pages" (Страницы) bo'limida All (Все) o'rniga Custom qilib, faqat o'zingizga kerakli sahifa raqamini yozing (masalan: 7 yoki bir nechta bo'lsa 7-9).

5. Save (Сохранить) tugmasini bosing — tayyor!

Natijada kompyuteringizda faqat o'sha kerakli betdan iborat, sifati zarracha buzilmagan alohida PDF paydo bo'ladi.

#PDF #Lifehack #Ofis #Windows

🫡 @it_ishkal — Foydali IT fokuslarni biz bilan o'rganing!
  • 👍 7
  • 🔥 2
  • 🤩 1
Post #3390 1.69K
Windows tez-tez qotib qolyaptimi? Uni "o'z-o'zini davolashga" majbur qiling!

Kompyuteringiz oxirgi paytlarda qotib ishlayotgan bo'lsa, g'alati xatoliklar (Error) beryapti yoki "Ko'k ekran" (Blue Screen) chiqara boshlasa — darhol usta chaqirishga yoki Windows'ni qaytadan o'rnatishga shoshilmang.

Tizimning o'zini o'zi ta'mirlaydigan yashirin va juda kuchli buyrug'i bor!

🧢 Pusk'ni bosing, cmd deb qidiring. Topilgan "Command Prompt" (Командная строка) ustiga o'ng tugmani bosib, Administrator sifatida ishga tushirish (Run as administrator) qiling.

🧢 Qora ekranga bitta qisqa kodni yozing:
sfc /scannow

🧢 Enter'ni bosing va bemalol borib choy ichib keling (10-15 daqiqa ketadi).

Bu nima qiladi?
SFC (System File Checker) tizimi Windows'ning barcha muhim fayllarini skaner qiladi. Agar viruslar, o'chib ketgan yoki buzilgan fayllar topilsa, ularni asl holatiga (zavodskoy zaxiradan) avtomatik qaytarib tiklaydi. Ko'pgina tushunarsiz ishkallarni shu bitta kod joyiga tushirib yuboradi!

#SFC #MuammoniXalQilish #Windows

🫡 @it_ishkal — IT'dagi eng qiyin ishkallarni ham o'zimiz hal qilamiz!
  • 👍 13
  • 🤩 3
  • 👏 1
Post #3389 1.71K
📶 Ulangan Wi-Fi parolini ko'rishning eng tezkor (va xakerona) usuli

Tasavvur qiling: ofisda yoki uyda noutbukingiz Wi-Fi'ga ulangan. Lekin paroli esingizdan chiqib ketgan va endi telefoningizni ham ulamoqchisiz. Yoki mehmonga bordingiz, uyingiz egasi noutbukingizga parolni o'zi kiritib berdi, siz esa uni bilmoqchisiz. 😎

Nastroykalarni titkilab o'tirmasdan, buni 10 soniyada terminal orqali aniqlaymiz:

1️⃣ Win + R tugmalarini bosing, cmd deb yozib Enter'ni bosing.

2️⃣ Qora ekranga xuddi shunday kodni yozing (yoki nusxalang):
netsh wlan show profile name="WIFI_NOMI" key=clear
(WIFI_NOMI degan joyga tarmog'ingiz nomini yozasiz, masalan "TP-Link_5G")

3️⃣ Enter'ni bosasiz va chiqqan ma'lumotlar ichidan Key Content (yoki Содержимое ключа) qatorini qidirasiz.

Aynan shu yerda siz izlayotgan parol ochiq matn ko'rinishida turgan bo'ladi! Buni bilib olish hech qachon zarar qilmaydi.

#WiFi #Layfxak #Windows

🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  • 👌 7
  • 🔥 4
  • 🤩 3
  • 👍 2
  • 🤝 2
  • 😎 1
Post #3388 1.86K
🥬 Excel'da ishlash tezligini 10 barobar oshiruvchi TOP-10 layfxak!

Excel'ni ko'pchilik ishlatadi, lekin ko'pincha hammasini sichqoncha bilan, sekin va qiyin yo'l bilan bajaramiz. Mana sizni xodimlar orasida haqiqiy "Excel xakeri"ga aylantiradigan sirlar:

1. Ctrl + E (Aqlli to'ldirish - Flash Fill): Bu shunchaki sehr! Masalan, bitta ustundagi ism va familiyalarni alohida ustunlarga ajratmoqchisiz. Birinchi qatorga qo'lda yozing, pastki qatorga tushib Ctrl + E bosing. Excel qolgan minglab qatorlarni sizning mantig'ingiz asosida o'zi to'ldirib tashlaydi.

2. Alt + = (AvtoSumma): Sonlarni yig'indisini hisoblash uchun =SUM() deb formula yozib o'tirmang. Raqamlar ostiga yoki yoniga kelib shu kombinatsiyani bosing, Excel barchasini o'zi qo'shib beradi.

3. Alt + Enter (Yacheyka ichida yangi qator): Bitta katak (yacheyka) ichida matn yoza turib, pastki qatorga tushishning yagona va to'g'ri usuli. Enter ni o'zi keyingi katakka sakrab ketadi.

4. Ctrl + T (Aqlli jadval): Oddiy yozilgan ma'lumotlarni belgilab, shu tugmalarni bossangiz, uni bir soniyada dizaynli, avtomatik filtrlar o'rnatilgan "Aqlli jadval"ga aylantirib beradi.

5. Ctrl + Shift + L (Tezkor filtr): Jadvalingizning sarlavha qismiga tezkor filtr yoqish yoki uni o'chirish uchun eng qulay usul.

6. F4 (Harakatni takrorlash): Excel'dagi eng baholanmagan tugma! Oxirgi bajargan ishingizni (masalan, katakni sariq rangga bo'yash yoki ramka tortish) boshqa joyda faqat F4 ni bosish orqali bittada takrorlash mumkin.

7. Ctrl + Strelkalar (Tezkor harakatlanish): 5000 qatorli jadvalning oxiriga tushish uchun sichqoncha rolikini aylantirib asabni buzmang. Ctrl va Pastga (↓) strelkasini bossangiz, zumda eng oxirgi ma'lumot yozilgan qatorga yetib borasiz.

8. Ctrl + ; (Bugungi sana): Hujjatga bugungi sanani qo'lda yozib o'tirmang. Shu kombinatsiyani bosing, tayyor! (Ctrl + Shift + ; esa joriy vaqtni qo'yadi).

9. Ctrl + "-" (Tezkor o'chirish): Ortiqcha qator yoki ustunlarni belgilab, sichqonchani poylamasdan shu tugmalar bilan bittada o'chirib yuborasiz. Yangi qator qo'shish uchun esa Ctrl + Shift + +.

10. Transponirovaniye (Tikka jadvalni yotqizish): Vertikal (ustun) shaklidagi ma'lumotlarni nusxalang (Ctrl + C), bo'sh joyga borib o'ng tugmani bosing va "Paste Special" (Специальная вставка) dagi "Transpose" (Транспонировать) belgisini tanlang. Barcha ustunlar qatorlarga aylanadi!

Shulardan qaysi birini birinchi marta ko'rib turibsiz? Izohlarda yozing! 👇

#Excel #Layfxak

🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  • 👍 8
  • 👌 5
  • 🤩 3
  • 👨‍💻 1
Post #3386 1.53K
Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozirgi aksiya orqali uni 18 oyga atigi 10$ evaziga olish mumkin. (Ishonchli to'lovni obuna muvaffaqiyatli olingandan keyin qilasiz, xohlasangiz.)

‼️ Linklar soni atigi 15 ta qoldi.

Obuna sizning rasmiy Google akkauntingizga olinadi.

Google AI tarkibida:

• Gemini Pro

• Video yaratish • Rasm yaratish

• Coding • Antigravity

• 5 TB bulutli xotira • +20 Imkoniyatlar


Olib berish narxi bir martalik 10$. To'lovni obuna muvaffaqiyatli olinganidan keyin qilishingiz mumkin.

Kimga kerak bo'lsa @javohircoder ga «Gemini PRO» deb yozing.
  • 🤣 12
  • 👍 3
  • 😁 3
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
  • 🤩 1
Post #3385 1.53K
Bilimingizni sinab ko'ring.

👉 Testni boshlash

#test #it #dasturlash #kompyutersavodxonligi #quiz

🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 🏆 2
  • ⚡ 1
Post #3384 1.47K
Telegram’dagi Wallet endi Walt: nega ekotizimda ikkita kriptohamyon bo‘ladi?

Telegramdagi Wallet Walt nomi ostida yangilandi. Rebrending servisning oddiy kriptohamyondan kengroq imkoniyatlarga ega kripto platformaga aylanganini aks ettiradi.

Bu o‘zgarish Telegram o‘zining yangi Gram Wallet hamyonini ishga tushirishga tayyorlanayotgan bir paytda e’lon qilindi. Endilikda Telegram ekotizimida ikki xil vazifani bajaradigan, biroq bir-birini to‘ldiradigan moliyaviy mahsulot ishlaydi.

Gram Wallet kundalik va sodda operatsiyalar uchun mo‘ljallangan. Undan Gram xarid qilish, Gifts va Stars bilan ishlash, boshqa foydalanuvchilarga mablag‘ yuborish hamda Telegram ichidagi ilova va xizmatlarda to‘lov qilish uchun foydalanish mumkin.

Walt esa kriptoaktivlar bilan kengroq ishlashni istagan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Platforma 4 ta blokcheynda 300 dan ortiq aktivni saqlash va o‘tkazish, 200 dan ortiq kriptoaktiv bilan savdo qilish, shuningdek tokenlashtirilgan aksiyalar, ETF va qimmatbaho metallarga investitsiya qilish imkonini beradi.

Shuningdek, Walt’da daromad keltiruvchi Earn mahsulotlari va 70 dan ortiq aktiv bo‘yicha perpetual fyuchers savdosi mavjud. Yaqin vaqt ichida platformaga kripto kartalar va sun’iy intellekt yordamida savdo qilish imkoniyatlari ham qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Walt orqali foydalanuvchilar Telegram’dagi Gram Wallet hisobini ham to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘ldira oladi.

Walt’dan bugungi kunda dunyo bo‘ylab o‘n millionlab odam foydalanadi. Platforma The Open Platform tomonidan ishlab chiqilgan va Telegram moliyaviy ekotizimining bir qismi hisoblanadi.
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #3383 1.55K
IT-shnik muhabbati boshqacha-da 😂

🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  • 🤣 22
  • 😢 5
  • 😁 3
  • 😱 3
  • 🔥 2
  • 💯 1
  • 😎 1
Post #3382 1.62K
🎬 YouTube'da IT-dars yoki podkast ko'radiganlar uchun "Pro" tugmalar!

Sichqonchani poylab bosib o'tirmasdan, videoni xakerlardek faqat klaviaturada boshqaramiz. Ayniqsa dasturlash o'rganayotganda juda asqotadi:

K — Videoni to'xtatish (Pause) yoki davom ettirish. (Probel (Space) ba'zida sahifani pastga tushirib yuboradi, "K" esa har doim aniq ishlaydi).
J — 10 soniya orqaga qaytarish (Tushunmay qolgan joyingizni qayta ko'rish uchun).
L — 10 soniya oldinga o'tkazish (Zerikarli yoki siz bilgan joylarini o'tkazib yuborish).
M — Ovozni bittada o'chirish (Mute).

Qo'lingiz faqat klaviaturada bo'lsa, diqqatni jamlash ancha osonlashadi. Bugunoq sinab ko'ring!

#YouTube #Layfxak #Klaviatura #Foydali

🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni birgalikda hal qilamiz!
  • 👍 6
  • 🔥 2
  • 👌 1
Post #3381 1.73K
🚀[DIQQAT] Sun’iy intellektda loyihalar tuzishni 2 kun BEPUL o‘rganing!!!

6 yil tajribaga ega xalqaro dasturchisi Komiljon Xamidjonov "Sun’iy intellektda 0 dan muhandislikgacha" qadamlarni BEPUL o‘rgatyapti

📅 BEPUL WEBINAR | 6-7-oktyabr soat 20:30 da

Webinarda siz
✅Sun’iy intellektda natijagacha erishish qadamlari
✅Sun’iy intellektni ishlatish va Sun’iy intellekt orqali dasturlar tuzish
✅AI muhandis bo‘lib ishga kirish yo‘llari BEPUL o‘rgatiladi

Havolani bosib dars yopiq kanalga hoziroq ulanishga ulguring chunki vaqt kam👇

👉 Hoziroq BEPUL ulanish
👉 Hoziroq BEPUL ulanish
👉 Hoziroq BEPUL ulanish
  • 👍 3
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
Post #3380 2.3K
AI videolarni arzonroq va xatosiz yaratish: SeeGen AI'da "Draft Mode"

Sun'iy intellekt yordamida yuqori sifatli (1080p) videolar yaratish odatda ko'p resurs va qimmat kredit talab qiladi. O'xshamay qolgan yoki xato chiqqan videolar uchun behuda mablag' sarflamaslik uchun Seedance 2.5 modelida "Draft Mode" (Qoralama rejimi) ishga tushirildi.

Bu rejim qanday ishlaydi va nima foyda beradi?

Tezkor va arzon sinov: Yakuniy videoni 1080p formatda generatsiya qilishdan oldin, promtingizni arzonroq narxda 480p formatda tekshirib olasiz.

To'liq nazorat: Ushbu past sifatli qoralamada sahnadagi holat, personajlar harakati, kamera burchagi va tayming (vaqt) siz kutgandek chiqqanini ko'rib chiqasiz.

Sifatni oshirish (Upscale): Agar qoralama kadr ko'ngildagidek bo'lsa, uni bitta tugma orqali SeeGen AI'da 1080p (tiniq) sifatga o'tkazib olasiz.


(Platformaga kirib, video yaratish bo'limidan "Draft Mode" opsiyasini tanlashingiz kifoya).

#ai #seegen #videogeneration #seedance #foydali

🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni birgalikda hal qilamiz!
  • 👍 5
Post #3379 2.28K
  • 🏆 6
  • 💯 2
  • 🔥 1
Post #3378 2.36K
🚫 Kompyuterda keraksiz sayt va o'yinlarni bloklaymiz!

Ish yoki o'qish paytida chalg'imaslik uchun eng zo'r usul! Ushbu videoda kompyuterda istalgan veb-sayt va o'yinlarga kirishni qanday qilib osongina cheklab qo'yish ko'rsatib berilgan.

Videoda nimalar bor?
🔹 Istalgan saytni bloklash (qulflash)
🔹 O'yinlarga kirishni cheklash
🔹 Diqqat va unumdorlikni 100% ga oshirish

🎓 UstozMahmud - o'rganing va yuksaling.🔝

#Foydali #Unumdorlik #Windows

🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni birgalikda hal qilamiz!
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 🤩 1
Post #3377 2.05K
📌 PySphere — AI'ni no'ldan, bepul, o'zbek tilida!

Assalomu alaykum! Men PySphere asoschisiman. Python'dan AI Agents'gacha bo'lgan to'liq yo'lni kanalimda mutlaqo bepul ulashyapman:

🐍 Python · SQL

Data Analytics — NumPy, Pandas, Matplotlib
Computer Vision — OpenCV, OCR
Machine Learning — Scikit-learn
LLM · RAG · AI Agents

Real loyihalar + tayyor kodlar → GitHub portfolio

🚫 To'lov yo'q · ❌Yashirin shartlar yo'q

👇 Birinchi darsdan boshlang:

🌐 @pysphere_kanal

🗺 Kanal xaritasi
  • 👍 6
Post #3376 1.93K
Qaysi harf qayerdaligini yoddan biladigan "pro"lar uchun maxsus klaviatura 😂

🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni birgalikda hal qilamiz!
  • 😁 16
  • 🤣 9
  • 😱 1
Post #3375 2.13K
Sun'iy intellekt (AI) davridagi IT-kasallik: "Vkladkalar qabristoni"

Hamma o'ylaydiki, AI chiqqach dasturchilar bitta prompt yozib maza qilib choy ichib o'tiribdi. Aslida-chi?
Oldin bitta bug'ni to'g'rilash uchun 15 ta StackOverflow ochsak, hozir ahvol yanada qiziqroq. Bitta muammo ustida ishlaganda brauzeringiz holati:
🔹 3 ta vkladkada ChatGPT (biri qotib qolsa, ikkinchisi ishlar deb)
🔹 2 ta vkladkada Claude (AI yozgan xato kodni yana boshqa AI'ga tekshirtirish uchun)
🔹 5 ta GitHub issues (AI uydirib yozgan mavjud bo'lmagan kutubxonalarni qidirish uchun)
🔹 Va albatta, qandaydir hindistonlik yigitning 2017-yildagi 144p sifatli videosi (chunki AI baribir muammoni to'liq yecha olmaydi).

Natijada oynalar shunchalik ko'payib ketadiki, ularning logotipini ham ilg'ab bo'lmay qoladi. Bu holatda operativ xotira (RAM) sekin yig'lashni boshlaydi... 😭

Bu ishkaldan qutulishning "xakerona" yechimi bor: Brauzerda (Chrome, Edge yoki Brave) shunchaki Ctrl + Shift + A tugmalarini bosing.

Nima bo'ladi?
Ekranda maxsus "Tab Search" (Oynalarni qidirish) panel ochiladi. O'sha yerga kerakli sahifa nomini (masalan, "claude" yoki "github") yozsangiz, 100 ta ochiq oyna ichidan aynan keragiga 1 soniyada sakrab o'tasiz. O'sha yerdan turib keraksizlarini bitta bosishda yopib tashlash ham mumkin.

Endi ishonch bilan yana 50 ta vkladka ochib tashlashingiz mumkin, faqat bunga RAM chidab bersa bo'ldi. 😅

Tan oling, hozir sizning brauzeringizda nechta oyna ochiq yotibdi? 👇

#Layfxak #SuniyIntellekt #Chrome #Foydali

🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni va RAM'ni birgalikda asraymiz!
  • 😁 5
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 😎 2
Post #3374 2.06K
Dasturlash hayoti️️ ️ Neyrotarmoqlar bilan ishlaydigan IT-mutaxassisning (ya'ni o'zimning) qisqacha xulosasi: ChatGPT — O'ziga o'ta ishonadigan Junior. Kodni shunaqa chiroyli yozib beradiki, ishonib ishlatib yuborasiz. Lekin qarasangiz tabiatda umuman yo'q kutubxonalarni (libraries)…
Bularni ishlatib, ishlarimni tezroq bitiraman deyman-u, oxir-oqibat hammalarining xatosini to'g'rilab, baribir o'zim mehnat qilyapman. "Sun'iy intellekt ishimizni tortib oladi" deb qo'rqmang, ular hozircha sizning ustingizdan turib boshqaradigan nazoratingizsiz o'z poyabzalining ipini ham bog'lay olmaydi! 😅

🫡 @it_ishkal — AI'larning ishkallarini ham birgalikda hal qilamiz!
  • 🤣 12
  • 👍 2
  • 💯 2
Older posts →

About this channel

How can I read @it_ishkal without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IT | Ishkal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IT | Ishkal have?
IT | Ishkal (@it_ishkal) has 13K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IT | Ishkal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →