Tasavvur qiling: ofisda yoki uyda noutbukingiz Wi-Fi'ga ulangan. Lekin paroli esingizdan chiqib ketgan va endi telefoningizni ham ulamoqchisiz. Yoki mehmonga bordingiz, uyingiz egasi noutbukingizga parolni o'zi kiritib berdi, siz esa uni bilmoqchisiz. 😎
Nastroykalarni titkilab o'tirmasdan, buni 10 soniyada terminal orqali aniqlaymiz:
1️⃣ Win + R tugmalarini bosing,
cmd deb yozib Enter'ni bosing.2️⃣ Qora ekranga xuddi shunday kodni yozing (yoki nusxalang):
netsh wlan show profile name="WIFI_NOMI" key=clear(WIFI_NOMI degan joyga tarmog'ingiz nomini yozasiz, masalan "TP-Link_5G")
3️⃣ Enter'ni bosasiz va chiqqan ma'lumotlar ichidan Key Content (yoki Содержимое ключа) qatorini qidirasiz.
Aynan shu yerda siz izlayotgan parol ochiq matn ko'rinishida turgan bo'ladi! Buni bilib olish hech qachon zarar qilmaydi.
#WiFi #Layfxak #Windows
🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
