TGViewer
IT | Ishkal IT | Ishkal @it_ishkal · 13K subscribers
Post #3390 1.69K
Windows tez-tez qotib qolyaptimi? Uni "o'z-o'zini davolashga" majbur qiling!

Kompyuteringiz oxirgi paytlarda qotib ishlayotgan bo'lsa, g'alati xatoliklar (Error) beryapti yoki "Ko'k ekran" (Blue Screen) chiqara boshlasa — darhol usta chaqirishga yoki Windows'ni qaytadan o'rnatishga shoshilmang.

Tizimning o'zini o'zi ta'mirlaydigan yashirin va juda kuchli buyrug'i bor!

🧢 Pusk'ni bosing, cmd deb qidiring. Topilgan "Command Prompt" (Командная строка) ustiga o'ng tugmani bosib, Administrator sifatida ishga tushirish (Run as administrator) qiling.

🧢 Qora ekranga bitta qisqa kodni yozing:
sfc /scannow

🧢 Enter'ni bosing va bemalol borib choy ichib keling (10-15 daqiqa ketadi).

Bu nima qiladi?
SFC (System File Checker) tizimi Windows'ning barcha muhim fayllarini skaner qiladi. Agar viruslar, o'chib ketgan yoki buzilgan fayllar topilsa, ularni asl holatiga (zavodskoy zaxiradan) avtomatik qaytarib tiklaydi. Ko'pgina tushunarsiz ishkallarni shu bitta kod joyiga tushirib yuboradi!

#SFC #MuammoniXalQilish #Windows

🫡 @it_ishkal — IT'dagi eng qiyin ishkallarni ham o'zimiz hal qilamiz!
  • 👍 13
  • 🤩 3
  • 👏 1
More from @it_ishkal
  1. Oct 15, 2026Post #3394
  2. Oct 13, 2026🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  3. Oct 13, 2026🦠 Fleshkangizdagi hamma fayllar "yarlyk" bo'lib qoldimi? Ularni 1 daqiqada qaytaramiz! Fl…
  4. Oct 12, 2026📄 100 varaqli PDF'dan faqat 1 ta sahifa kerakmi? Buni 5 soniyada ajratib oling! Katta kit…
  5. Oct 9, 2026📶 Ulangan Wi-Fi parolini ko'rishning eng tezkor (va xakerona) usuli Tasavvur qiling: ofis…
  6. Oct 8, 2026🥬 Excel'da ishlash tezligini 10 barobar oshiruvchi TOP-10 layfxak! Excel'ni ko'pchilik is…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →