TGViewer
IT | Ishkal IT | Ishkal @it_ishkal · 13K subscribers
Post #3392 1.18K
🦠 Fleshkangizdagi hamma fayllar "yarlyk" bo'lib qoldimi? Ularni 1 daqiqada qaytaramiz!

Fleshkani kimgadir berib olganingizdan keyin ichidagi hamma papkalar yo'qolib, o'rniga faqat strelkali yorliqlar (shortcut) paydo bo'lib qolgan holatga duch kelganmisiz? Ko'pchilik "bo'ldi, virus hamma narsani o'chirib yuboribdi" deb fleshkani format qilib yuboradi.

Aslida fayllaringiz joyida turibdi, virus ularni shunchaki yashirib (hidden) qo'ygan!

Buni tuzatish yo'li:

➡️ Fleshkani kompyuterga ulang va uning harfini bilib oling (masalan: E: yoki F:).

➡️ Pusk'dan cmd'ni Administrator sifatida ishga tushiring.

➡️ Fleshka harfini yozib, Enter bosing (masalan: E: va Enter).

➡️ Quyidagi kodni yozing:
👉 attrib -h -r -s /s /d *.*

➡️ Enter bosing va 10-15 soniya kuting.

Bu kod barcha fayllardagi "yashirin" va "tizim fayli" degan belgilarni olib tashlaydi. Fleshkangizga kirsangiz, barcha hujjat va rasmlaringiz yana ko'rinadigan bo'lib qaytadi!

#Virus #Flashka #Foydali

🫡 @it_ishkal — O'chdi deb o'ylagan narsalaringizni ham tiriltiramiz!
  • 👍 11
  • 👌 3
  • 🔥 1
  • 🤩 1
More from @it_ishkal
  1. Oct 15, 2026Post #3394
  2. Oct 13, 2026🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  3. Oct 12, 2026📄 100 varaqli PDF'dan faqat 1 ta sahifa kerakmi? Buni 5 soniyada ajratib oling! Katta kit…
  4. Oct 9, 2026Windows tez-tez qotib qolyaptimi? Uni "o'z-o'zini davolashga" majbur qiling! Kompyuteringi…
  5. Oct 9, 2026📶 Ulangan Wi-Fi parolini ko'rishning eng tezkor (va xakerona) usuli Tasavvur qiling: ofis…
  6. Oct 8, 2026🥬 Excel'da ishlash tezligini 10 barobar oshiruvchi TOP-10 layfxak! Excel'ni ko'pchilik is…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →