TGViewer
IT | Ishkal IT | Ishkal @it_ishkal · 13K subscribers
Post #3391 1.51K
📄 100 varaqli PDF'dan faqat 1 ta sahifa kerakmi? Buni 5 soniyada ajratib oling!

Katta kitob, shartnoma yoki qalin qo'llanmadan kimdir bittagina sahifani so'rab qolsa nima qilasiz? Uni skrinshot qilib sifatini buzish yoki internetdan xavfli, reklamali saytlarni qidirib yurish shart emas.

Kompyuteringizdagi oddiy brauzerning o'zi buni bir zumda qilib beradi:

1. Kerakli PDF faylni sichqoncha bilan ushlab, Chrome yoki Edge brauzeri ichiga tashlang (yoki fayl ustiga o'ng tugmani bosib, Открыть с помощью -> Google Chrome qiling).

2. Klavituradan Ctrl + P (pechatga berish) tugmalarini bosing.

3. Printer tanlanadigan joydan (Destination / Принтер) "Save as PDF" (Сохранить как PDF) variantini tanlang.

4. "Pages" (Страницы) bo'limida All (Все) o'rniga Custom qilib, faqat o'zingizga kerakli sahifa raqamini yozing (masalan: 7 yoki bir nechta bo'lsa 7-9).

5. Save (Сохранить) tugmasini bosing — tayyor!

Natijada kompyuteringizda faqat o'sha kerakli betdan iborat, sifati zarracha buzilmagan alohida PDF paydo bo'ladi.

#PDF #Lifehack #Ofis #Windows

🫡 @it_ishkal — Foydali IT fokuslarni biz bilan o'rganing!
  • 👍 7
  • 🔥 2
  • 🤩 1
More from @it_ishkal
  1. Oct 15, 2026Post #3394
  2. Oct 13, 2026🫡 @it_ishkal — Har qanday IT-"ishkal"ning решаласи!
  3. Oct 13, 2026🦠 Fleshkangizdagi hamma fayllar "yarlyk" bo'lib qoldimi? Ularni 1 daqiqada qaytaramiz! Fl…
  4. Oct 9, 2026Windows tez-tez qotib qolyaptimi? Uni "o'z-o'zini davolashga" majbur qiling! Kompyuteringi…
  5. Oct 9, 2026📶 Ulangan Wi-Fi parolini ko'rishning eng tezkor (va xakerona) usuli Tasavvur qiling: ofis…
  6. Oct 8, 2026🥬 Excel'da ishlash tezligini 10 barobar oshiruvchi TOP-10 layfxak! Excel'ni ko'pchilik is…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →