Sun'iy intellekt yordamida yuqori sifatli (1080p) videolar yaratish odatda ko'p resurs va qimmat kredit talab qiladi. O'xshamay qolgan yoki xato chiqqan videolar uchun behuda mablag' sarflamaslik uchun Seedance 2.5 modelida "Draft Mode" (Qoralama rejimi) ishga tushirildi.
Bu rejim qanday ishlaydi va nima foyda beradi?
Tezkor va arzon sinov: Yakuniy videoni 1080p formatda generatsiya qilishdan oldin, promtingizni arzonroq narxda 480p formatda tekshirib olasiz.
To'liq nazorat: Ushbu past sifatli qoralamada sahnadagi holat, personajlar harakati, kamera burchagi va tayming (vaqt) siz kutgandek chiqqanini ko'rib chiqasiz.
Sifatni oshirish (Upscale): Agar qoralama kadr ko'ngildagidek bo'lsa, uni bitta tugma orqali SeeGen AI'da 1080p (tiniq) sifatga o'tkazib olasiz.
(Platformaga kirib, video yaratish bo'limidan "Draft Mode" opsiyasini tanlashingiz kifoya).
#ai #seegen #videogeneration #seedance #foydali
🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni birgalikda hal qilamiz!