Sichqonchani poylab bosib o'tirmasdan, videoni xakerlardek faqat klaviaturada boshqaramiz. Ayniqsa dasturlash o'rganayotganda juda asqotadi:
K — Videoni to'xtatish (Pause) yoki davom ettirish. (Probel (Space) ba'zida sahifani pastga tushirib yuboradi, "K" esa har doim aniq ishlaydi). J — 10 soniya orqaga qaytarish (Tushunmay qolgan joyingizni qayta ko'rish uchun). L — 10 soniya oldinga o'tkazish (Zerikarli yoki siz bilgan joylarini o'tkazib yuborish). M — Ovozni bittada o'chirish (Mute).Qo'lingiz faqat klaviaturada bo'lsa, diqqatni jamlash ancha osonlashadi. Bugunoq sinab ko'ring!
#YouTube #Layfxak #Klaviatura #Foydali
🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni birgalikda hal qilamiz!