Hamma o'ylaydiki, AI chiqqach dasturchilar bitta prompt yozib maza qilib choy ichib o'tiribdi. Aslida-chi?
Oldin bitta bug'ni to'g'rilash uchun 15 ta StackOverflow ochsak, hozir ahvol yanada qiziqroq. Bitta muammo ustida ishlaganda brauzeringiz holati:
🔹 3 ta vkladkada ChatGPT (biri qotib qolsa, ikkinchisi ishlar deb)
🔹 2 ta vkladkada Claude (AI yozgan xato kodni yana boshqa AI'ga tekshirtirish uchun)
🔹 5 ta GitHub issues (AI uydirib yozgan mavjud bo'lmagan kutubxonalarni qidirish uchun)
🔹 Va albatta, qandaydir hindistonlik yigitning 2017-yildagi 144p sifatli videosi (chunki AI baribir muammoni to'liq yecha olmaydi).
Natijada oynalar shunchalik ko'payib ketadiki, ularning logotipini ham ilg'ab bo'lmay qoladi. Bu holatda operativ xotira (RAM) sekin yig'lashni boshlaydi... 😭
Bu ishkaldan qutulishning "xakerona" yechimi bor: Brauzerda (Chrome, Edge yoki Brave) shunchaki
Ctrl + Shift + A tugmalarini bosing.Nima bo'ladi?
Ekranda maxsus "Tab Search" (Oynalarni qidirish) panel ochiladi. O'sha yerga kerakli sahifa nomini (masalan, "claude" yoki "github") yozsangiz, 100 ta ochiq oyna ichidan aynan keragiga 1 soniyada sakrab o'tasiz. O'sha yerdan turib keraksizlarini bitta bosishda yopib tashlash ham mumkin.
Endi ishonch bilan yana 50 ta vkladka ochib tashlashingiz mumkin, faqat bunga RAM chidab bersa bo'ldi. 😅
Tan oling, hozir sizning brauzeringizda nechta oyna ochiq yotibdi? 👇
#Layfxak #SuniyIntellekt #Chrome #Foydali
🫡 @it_ishkal — IT'dagi ishkallarni va RAM'ni birgalikda asraymiz!