TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.11K
Photos
846
Videos
246
Links
647

Showing posts older than #1105 · Back to latest

Older Posts 11 shown
Post #1104 750
⏱️"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasiga 2️⃣ kun qoldi

29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.

Ko‘rgazmada avtomobilsozlik uchun detallar, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, uskunalar hamda texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.

⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish

🗓️29–30-sentabr, 2026-yil;
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi.

🔴Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 🙏 2
Post #1103 404
⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.

"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 👏 2
Post #1102 413
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 21-26 sentabr, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

📍 Tadbirkorga 406 million so‘mlik kafolat mablag‘i qaytarildi.

🏛️ “Milliy sanoat zanjiri”: ko‘rgazma ishtirokchilari safi kengaymoqda.

Market signal: O‘zbekistonda qariyb $10 mlnlik bozor, mahalliy ishlab chiqarish esa yo‘q.

🤝 Jahon banki bilan davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🇨🇳Xitoydagi xalqaro seminar yakunlandi: hamkorlik memorandumi imzolandi.

🏛️ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 510-son qarori bilan sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni davlat xaridlariga jalb etishning yangi tartibi belgilandi.

✔️Andijonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi.

✔️ Bugungi kunga qadar 80 dan ortiq korxona “Milliy sanoat zanjiri” ko’rgazmasida o‘z stendi bilan ishtirok etish uchun, yana 250 ta korxona esa tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

➡️Markat signal: $5,5 mlnlik import — mahalliy ishlab chiqarish esa yiliga atigi 1 tonna.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #1097 524
⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.

💬 Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan.

Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi.

🎗 Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 👏 2
Post #1096 778
⏱️“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 3️⃣kun qoldi

29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.

✔️ Bugungi kunga qadar 80 dan ortiq korxona ko‘rgazmada o‘z stendi bilan ishtirok etish uchun, yana 250 ta korxona esa tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish

🗓️29–30-sentabr, 2026-yil
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi

☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 3
Post #1095 586
#Market_Signal

📊 $5,5 mlnlik import — mahalliy ishlab chiqarish esa yiliga atigi 1 tonna

Limon kislotasi — kundalik hayotda ko‘p uchraydigan, ammo bir vaqtning o‘zida bir nechta sanoat tarmog‘i uchun zarur bo‘lgan mahsulot.

U oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarishdan tashqari, farmatsevtika hamda maishiy kimyo sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

📍2025-yilda O‘zbekistonga 5,5 mln dollarlik limon kislotasi import qilingan. Uni 75 ta korxona chetdan xarid qilgan. Mahalliy ishlab chiqarish hajmi esa yiliga atigi 1 tonnani tashkil etadi.

Bu ko‘rsatkichlar bozorda talab mavjudligi, ammo uni mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplash imkoniyati hali yetarlicha ishga solinmaganini ko‘rsatadi.

Limon kislotasini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish import o‘rnini bosish bilan birga, oziq-ovqat, farmatsevtika va maishiy kimyo korxonalarini mahalliy mahsulot bilan ta’minlash imkonini beradi.

🔎 Bozori bor, ammo mahalliy ishlab chiqarish imkoniyati hali to‘liq ishga solinmagan yana qaysi mahsulotlar bor?

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • 👏 2
Post #1094 441
🇺🇿 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi jamoasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini, davlatimiz suvereniteti, konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligini ishonchli himoya qilish, milliy manfaatlarimiz va fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli xizmatingiz yuksak e’tirofga loyiq.

Ushbu qutlug‘ ayyomda soha xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 7
  • 🔥 4
  • 👏 2
Post #1093 1.23K
🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi

29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.

✔️ Bugungi kunga qadar 80 dan ortiq korxona ko‘rgazmada o‘z stendi bilan ishtirok etish uchun, yana 250 ta korxona esa tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Avtomobil uchun detal, butlovchi qism, material yoki uskuna ishlab chiqarasizmi? Yoki ishlab chiqarish quvvatingizni avtomobilsozlik sanoatiga yo‘naltirish imkoniyatingiz bormi?

Unda hoziroq ro'yxatdan o'ting.


⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish

🗓️29–30-sentabr, 2026-yil
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi

☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #1089 515
✔️Andijonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Andijon viloyatidagi bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.

➡️Tashrif davomida avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa sanoat yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari hamda mahalliylashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, “Silk Road Cambell” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan elektrobus ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 000 dona elektrobus.

Shuningdek, “Nawas” MChJning isitish radiatorlari ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Korxonada joriy yilda 8 mln dona radiator ishlab chiqarish rejalashtirilgan.


Tashrif doirasida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahalliy xomashyo va butlovchi qismlardan foydalanishni kengaytirish, korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

🟢Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning takliflari o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan birgalikda amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 💯 1
Post #1088 1.04K
🔊Davlat xaridlarida sun’iy intellekt yechimlari uchun yangi imkoniyat

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 510-son qarori bilan sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni davlat xaridlariga jalb etishning yangi tartibi belgilandi.

Qarorga muvofiq, sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va ularning dasturiy mahsulotlari uchun yagona reyestr shakllantiriladi. Reyestr “ai.gov.uz” milliy portalida yuritiladi va unga kiritilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilib boriladi.

Eng muhim yangilik nimada?

Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlarning reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarini joriy etish uchun umumiy qiymati BHMning 2 500 baravaridan oshmagan davlat xaridlarini “taklif so‘rovi” asosida amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Buning uchun tadbirkor “ai.gov.uz” portalida ERI orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z dasturiy mahsuloti haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Mahsulotning texnik topshirig‘i belgilangan tartibda kelishiladi va ekspertizadan o‘tkaziladi, hujjatlar operator hamda Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ijobiy xulosa berilganda tadbirkor va uning dasturiy mahsulotiga “Registry ID” berilib, yagona reyestrga kiritiladi.

Reyestrga kiritish bepul.
Yangi tartib generativ sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish, kompyuter nigohi, chat-bot va ovozli yordamchilar, prognoz tahlili, avtonom tizimlar, kiberxavfsizlik yechimlari, shuningdek, AI infratuzilmasi va boshqa sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarni qamrab oladi.

Agentlikning vazifasi qanday?
Qaror bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga davlat xaridlarida yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlarining ishtirok etishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, vazirlik va idoralar dasturiy mahsulotlarning o‘z tizimlarida to‘g‘ri joriy etilishi, ularning takroran xarid qilinishi hamda budjet mablag‘larining asossiz sarflanishining oldini olish uchun mas’ul hisoblanadi.

🗓️ “ai.gov.uz”dagi yagona reyestr 2027-yil 1-fevralga qadar ishga tushirilishi belgilangan.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #1084 534
📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.


Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-deydi S.Mirziyoyeva.


JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →