TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #1052 1.67K
🏛️ “Milliy sanoat zanjiri”: ko‘rgazma ishtirokchilari safi kengaymoqda

29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar 83 ta korxona ko‘rgazmada o‘z stendi bilan ishtirok etish uchun, yana 45 ta korxona esa tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Ko‘rgazmada avtomobilsozlik uchun detallar, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, uskunalar hamda texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.

Eng muhimi, ushbu maydon mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomobilsozlik korxonalarining amaldagi va istiqboldagi ehtiyojlarini bevosita o‘rganish, o‘z mahsulotlarini yirik buyurtmachilarga taklif qilish, B2B muzokaralar o‘tkazish va yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish imkonini beradi.

🗓️29–30-sentabr, 2026-yil

📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi

⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish

🔴Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  2. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
  3. Oct 2, 2026✈️ Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasida qanday hamkorlik imkoniyatlari bor? Ertaga,…
  4. Oct 2, 2026🇰🇷🇺🇿Koreya Respublikasidagi xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi Sano…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgaz…
  6. Oct 2, 2026✔️Navbatdagi xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi 🇨🇳Shenchjen va Tyanszin shaharlarida San…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →