Ertaga, 3-oktabr kuni “L&T Connect” tadbiri bo‘lib o‘tadi. Unda Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasi, uni amalga oshirish doirasidagi asosiy ish va xarid yo‘nalishlari hamda kompaniyalar uchun hamkorlik imkoniyatlari taqdim etiladi.
Tadbir davlat organlari, tarmoq korxonalari rahbarlari, biznes hamkorlar va soha vakillarini bir maydonda jamlaydi. Uning maqsadlaridan biri — mahalliy salohiyatni birgalikda rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda O‘zbekiston uchun barqaror infratuzilmaviy va sanoat yechimlarini shakllantirishdan iborat.
“L&T Connect” doirasida aeroport loyihasi bo‘yicha taqdimot va savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, kunning ikkinchi yarmi B2B uchrashuvlarga ajratiladi. Ularda kompaniyalar loyiha doirasidagi tegishli ish yo‘nalishlari bo‘yicha L&T vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
B2B muloqotlar yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi. Xususan, umumqurilish ishlari, arxitektura va pardozlash, po‘lat konstruksiyalar va fasadlar, muhandislik tizimlari, past tokli va maxsus aeroport tizimlari hamda konsalting xizmatlari bo‘yicha alohida uchrashuvlar nazarda tutilgan.
Shu jihatdan, tadbir qurilish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, muhandislik, texnologik yechimlar va ixtisoslashgan xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun loyihaning ehtiyojlari bilan tanishish, o‘z imkoniyatlarini taqdim etish va ehtimoliy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish maydoni bo‘ladi.
🗓3-oktabr 2026-yil;
⏱️09:30–17:00;
📍 Manzil.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
