TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #1146 485
✔️Navbatdagi xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi

🇨🇳Shenchjen va Tyanszin shaharlarida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xodimlari uchun "Hukumatni raqamlashtirish va xizmat ko‘rsatuvchi davlatni rivojlantirish" (Government Digitalization and the Development of Service-Oriented Government) mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur xalqaro o‘quv dasturi Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati hamda Xitoyning O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida, Shenchjen xalqaro iqtisodiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Seminar davomida Agentlik mutaxassislari zamonaviy davlat boshqaruvi, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, elektron hukumatni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruviga joriy etish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rgandilar.

O‘quv mashg‘ulotlari Xitoyning yetakchi universitetlari professor-o‘qituvchilari, sohaviy ekspertlar va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib borilib, nazariy bilimlar bilan bir qatorda davlat xizmatlarini raqamli transformatsiya qilishning amaliy mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.


Dastur doirasida ishtirokchilar Shenchjen va Tyanszin shaharlaridagi raqamli boshqaruv markazlari, innovatsion obyektlar va ilg‘or texnologik korxonalar faoliyati bilan ham tanishib, raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish tajribasini bevosita o‘rgandilar.

✔️ Xalqaro seminar Agentlik xodimlarining zamonaviy davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda olingan bilimlarni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish uchun muhim tajriba maydoni bo‘ldi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 4
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 🤝 1
More from @icppa
  1. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  2. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
  3. Oct 2, 2026✈️ Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasida qanday hamkorlik imkoniyatlari bor? Ertaga,…
  4. Oct 2, 2026🇰🇷🇺🇿Koreya Respublikasidagi xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi Sano…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgaz…
  6. Oct 1, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qon…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →