TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #1051 896
📍 Ochiq muloqotdagi tashabbus — tadbirkor uchun amaliy natija

Davlat xaridlarida ishtirok etuvchi tadbirkorlar uchun kafolat mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishi aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish va yangi shartnomalarda ishtirok etishda muhim ahamiyatga ega.

Quyosh stansiyalarini o‘rnatish va ularga servis xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi mazkur korxona ham davlat xaridlarida faol ishtirok etib keladi. So‘nggi vaqtlarda korxonaning 406 million so‘mlik kafolat mablag‘ini qaytarish bilan bog‘liq masala yuzaga kelgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat xaridlarida shartnoma majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarning kafolat mablag‘larini qaytarish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng mazkur korxona misolida ham masala amaliy yechim topib, xorazmlik tadbirkorga 406 million so‘m mablag‘ qaytarildi.

Agar siz ham davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, Agentlikka murojaat qilishingiz mumkin.

Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, shartnoma majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalarini hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

☎️Murojaat uchun: @Icppa_aloqa_bot

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 3
  • 👏 2
  • 🙏 1
More from @icppa
  1. Oct 3, 2026🏛️ Jizzaxdagi ko‘rgazma yangi sanoat aloqalariga yo‘l ochdi 29–30-sentabr kunlari Jizzax…
  2. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  3. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
  4. Oct 2, 2026✈️ Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasida qanday hamkorlik imkoniyatlari bor? Ertaga,…
  5. Oct 2, 2026🇰🇷🇺🇿Koreya Respublikasidagi xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi Sano…
  6. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgaz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →