#Market_Signal
📊 $5,5 mlnlik import — mahalliy ishlab chiqarish esa yiliga atigi 1 tonna
Limon kislotasi — kundalik hayotda ko‘p uchraydigan, ammo bir vaqtning o‘zida bir nechta sanoat tarmog‘i uchun zarur bo‘lgan mahsulot.
U oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarishdan tashqari, farmatsevtika hamda maishiy kimyo sanoatida ham keng qo‘llaniladi.
📍2025-yilda O‘zbekistonga 5,5 mln dollarlik limon kislotasi import qilingan. Uni 75 ta korxona chetdan xarid qilgan. Mahalliy ishlab chiqarish hajmi esa yiliga atigi 1 tonnani tashkil etadi.
Bu ko‘rsatkichlar bozorda talab mavjudligi, ammo uni mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplash imkoniyati hali yetarlicha ishga solinmaganini ko‘rsatadi.
Limon kislotasini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish import o‘rnini bosish bilan birga, oziq-ovqat, farmatsevtika va maishiy kimyo korxonalarini mahalliy mahsulot bilan ta’minlash imkonini beradi.
🔎 Bozori bor, ammo mahalliy ishlab chiqarish imkoniyati hali to‘liq ishga solinmagan yana qaysi mahsulotlar bor?
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1095
587