TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #1089 516
✔️Andijonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Andijon viloyatidagi bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.

➡️Tashrif davomida avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa sanoat yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari hamda mahalliylashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, “Silk Road Cambell” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan elektrobus ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 000 dona elektrobus.

Shuningdek, “Nawas” MChJning isitish radiatorlari ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Korxonada joriy yilda 8 mln dona radiator ishlab chiqarish rejalashtirilgan.


Tashrif doirasida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahalliy xomashyo va butlovchi qismlardan foydalanishni kengaytirish, korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

🟢Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning takliflari o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan birgalikda amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 💯 1
More from @icppa
  1. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  2. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
  3. Oct 2, 2026✈️ Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasida qanday hamkorlik imkoniyatlari bor? Ertaga,…
  4. Oct 2, 2026🇰🇷🇺🇿Koreya Respublikasidagi xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi Sano…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgaz…
  6. Oct 2, 2026✔️Navbatdagi xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi 🇨🇳Shenchjen va Tyanszin shaharlarida San…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →