TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #1057 495
#Market_Signal

📊 O‘zbekistonda qariyb $10 mlnlik bozor, mahalliy ishlab chiqarish esa yo‘q

O‘zbekistonda travmatologiya va ortopediyada qo‘llaniladigan sun’iy bo‘g‘imlar — endoprotezlarga talab asosan import hisobidan qoplanmoqda.

📍2025-yilda mamlakatimizga 9,9 mln dollarlik sun’iy bo‘g‘imlar import qilingan. Asosiy yetkazib beruvchi davlatlar — Xitoy, Hindiston va Germaniya.

Bu raqamlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun aniq bozor signali: mamlakatda talab bor, import hajmi yuqori, mahalliy ishlab chiqarish esa hozircha mavjud emas.

Sun’iy bo‘g‘imlar ishlab chiqarishni O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish import o‘rnini bosish bilan birga, tibbiyot sanoatida yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish yo‘nalishini shakllantirish imkonini beradi.

🔎 Importi yuqori, ammo O‘zbekistonda hali ishlab chiqarilmayotgan yana qaysi mahsulotlarda bozor imkoniyati bor?
Keyingi “Market signal” sonlarida ko‘rsatib boramiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 1
More from @icppa
  1. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  2. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
  3. Oct 2, 2026✈️ Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasida qanday hamkorlik imkoniyatlari bor? Ertaga,…
  4. Oct 2, 2026🇰🇷🇺🇿Koreya Respublikasidagi xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi Sano…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgaz…
  6. Oct 2, 2026✔️Navbatdagi xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi 🇨🇳Shenchjen va Tyanszin shaharlarida San…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →