🔊Davlat xaridlarida sun’iy intellekt yechimlari uchun yangi imkoniyat
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 510-son qarori bilan sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni davlat xaridlariga jalb etishning yangi tartibi belgilandi.
Qarorga muvofiq, sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va ularning dasturiy mahsulotlari uchun yagona reyestr shakllantiriladi. Reyestr “ai.gov.uz” milliy portalida yuritiladi va unga kiritilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilib boriladi.
Eng muhim yangilik nimada?
Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlarning reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarini joriy etish uchun umumiy qiymati BHMning 2 500 baravaridan oshmagan davlat xaridlarini “taklif so‘rovi” asosida amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Buning uchun tadbirkor “ai.gov.uz” portalida ERI orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z dasturiy mahsuloti haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Mahsulotning texnik topshirig‘i belgilangan tartibda kelishiladi va ekspertizadan o‘tkaziladi, hujjatlar operator hamda Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ijobiy xulosa berilganda tadbirkor va uning dasturiy mahsulotiga “Registry ID” berilib, yagona reyestrga kiritiladi.
Reyestrga kiritish bepul.
Yangi tartib generativ sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish, kompyuter nigohi, chat-bot va ovozli yordamchilar, prognoz tahlili, avtonom tizimlar, kiberxavfsizlik yechimlari, shuningdek, AI infratuzilmasi va boshqa sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarni qamrab oladi.
Agentlikning vazifasi qanday?
Qaror bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga davlat xaridlarida yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari va ularning dasturiy mahsulotlarining ishtirok etishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, vazirlik va idoralar dasturiy mahsulotlarning o‘z tizimlarida to‘g‘ri joriy etilishi, ularning takroran xarid qilinishi hamda budjet mablag‘larining asossiz sarflanishining oldini olish uchun mas’ul hisoblanadi.
🗓️ “ai.gov.uz”dagi yagona reyestr 2027-yil 1-fevralga qadar ishga tushirilishi belgilangan.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1088
1.05K

- ❤ 2
- 👍 2
- 🔥 2