TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #1073 495
🤝 Jahon banki bilan davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha “Prosperity” yo‘nalishi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muloqotda davlat xaridlarini modernizatsiya qilish, soha mutaxassislarining professional salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, Agentlik tomonidan shakllantirilayotgan davlat xaridlari mutaxassislarini uch bosqichli o‘qitish va sertifikatlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tizim bazaviy bilimlardan boshlab, murakkab va strategik xaridlarni boshqarish bo‘yicha yuqori professional kompetensiyalargacha bo‘lgan uzluksiz malaka oshirish modelini yaratishni nazarda tutadi.

Bugungi kunda tizimning birinchi bosqichi doirasida davlat xaridlari bo‘yicha bazaviy bilimlarni egallash imkonini beruvchi bepul onlayn o‘quv platformasi ishga tushirilgan.

Uchrashuvda keyingi bosqichlarni, xususan, yuqori darajadagi professional sertifikatlash tizimini xalqaro tajriba va ekspertiza asosida rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, “yashil” davlat xaridlari, raqobatni kengaytirish, xalqaro o‘quv tashriflarini tashkil etish, davlat xaridlari tizimini MAPS metodologiyasi asosida baholash hamda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 19-PRIMO mintaqaviy forumiga tayyorgarlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🏭Muzokaralarda Agentlik faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi — sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish va mahalliy yetkazib beruvchilar salohiyatini rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Xususan, sanoat va ilm integratsiyasini kuchaytirish, ilg‘or xalqaro tajriba va ekspertizani jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirish va keyingi qadamlarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 3
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  2. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
  3. Oct 2, 2026✈️ Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasida qanday hamkorlik imkoniyatlari bor? Ertaga,…
  4. Oct 2, 2026🇰🇷🇺🇿Koreya Respublikasidagi xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi Sano…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgaz…
  6. Oct 2, 2026✔️Navbatdagi xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi 🇨🇳Shenchjen va Tyanszin shaharlarida San…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →