#101Maslahat
💡7️⃣4️⃣ - maslahat
@muhammadjohns dan😊
Meeting'larni to'g'ri boshqaringIsh kun/haftamiz davomida meeting'lar ko'p bo'ladi: Proyektni muhokama qilish uchun, "standup" uchun, foydali ma'lumotlarni ulashish uchun, va hkz.
Shunday yig'ilishlar sabab fokus yo'qolishi, ish unumdorlimiz pasayishi mumkin yoki aksincha, jamoa uchun juda foydali bo'lishi mumkin. Meeting'lar samarali bo'lishi uchun hamma o'z xissasini qo'sha oladi.
Agar siz meeting'ni tashkillashtiruvchi bo'lsangiz: ● Meeting'ning vaqtini belgilash uchun
Calendar yoki shunga o'xshagan, jamoadoshlaringiz ishlatadigan dasturdan foydalaning.
● Meeting maqsadini aniq qiling. Meeting uchun "agenda" tayyorlang. Qatnashuvchilar aniq nimaga kelishayotganini bilishsin.
● Meeting keragidan ko'proq vaqt olmasligi kerak. 30 daqiqa yetadimi, demak faqat 30 daqiqalik tashkillashtiring, ortiqcha emas. Agar har ehtimol, deb 45 daqiqa belgilasangiz, shu vaqtning barchasi ketib qoladi.
● Agar meeting'dagi muhokama ertaroq tugasa, meeting'ni ham tugating. Qo'shimcha mavzular bilan to'ldirmang.
● Faqat muhokama qilinadigan mavzuga aloqador bo'lgan odamlarni taklif qiling. Qatnashishi shart bo'lgan odamlar ro'yhatini tuzing va ro'yhatni hammaga yuboring. Qolganlar – ixtiyoriy.
● Meeting asosiy mavzudan chetga chiqmasligini nazorat qiling. Bundan tashqari, mavzuga aloqador lekin unchalik muhim bo'lmagan narsalarga ham ko'p vaqt sarflanmasligi kerak
("bike shedding" deyiladi).
● Haftada qaysidir kunlarni meeting'siz kunlar qilib belgilang.
Agar siz meeting qatnashuvchisi bo'lsangiz: ● Meeting'ga vaqtida boring. Kech qoladigan bo'lsangiz, oldindan ogohlantirib qo'ying.
● Meeting'da sizdan so'ralishi mumkin bo'lgan savollarga tayyorlanib oling.
● Agar meeting uchun muhim odam bo'lmasangiz yoki meeting'dan foyda olmaydigan bo'lsangiz, qatnashmang, vaqtingizni tejang.
● Meeting nimaga tashkillashtirilganini bilmasangiz, tashkillashtirgan odamdan agenda'ni so'rang.
Happy meetings! 📅
@muhammadjohns