#101Maslahat
💡7️⃣2️⃣ Bir marta - yetarli emas!
Brendlarda chegirma bo’layotganda tugagunicha elektron xabar yuborib turadi. Agar keyinroq sotib olaman deb 🛒 aravachaga saqlab qo’ysangiz, ertasi kuniyoq “Xarid qilmabsiz. Nimadir yordam kerakmasmi?” kabi xabar keladi.
Boshlig’ingizdan muhim vazifani olganingizda, ofisidan chiqib ketar ekansiz vazifani to’liq tushundingizmi yo’qmi tekshirib qo’yadi. 2 kundan keyin qanday ketayotgani, 1 haftadan keyin 1-hisobot yaqinligini eslatib qo’yadi.
Yangi lug’at yodlayotganingizda ertalab 1-siga yozib yodlaysiz. Kunduzi xotirada takror qilasiz. Kechga borib ustozga topshirasiz. 1 yoki 3 oydan keyin umumiy lug’at bo’yicha imtihon topshirasiz.
Tushunib yetganingizdek, axborotga to’la bo’lgan bu davrda hech narsa bir martalik harakat bilan ko’zlangan natijaga olib bormaydi. Ko’p rahbarlar, ustozlar va ota-onalar orada bir tekshirib qo’yishgani(tergov emas) bilan vazifam bajarildi deb o’ylashadi.
Yaxshi rahbar, yaxshi ustoz va yaxshi ota-ona bo’lish uchun “orada bir” yetarli emas.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #496
1.15K
- 👍 8
- ❤ 5