TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #602 613
Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi!

Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashkilotlarda yangi kalendar yili boshlanish kuni. Katta o’g’lim ham bog’chasida bugundan oxirgi yil, bitiruvchi guruhga o’tdi.

Kecha ota-o’g’il gaplashib o’tirib, liderlik haqida o’rgatdim. Yilning o’rtasida tug’ilgani uchun, yapon o’quv sistemasiga ko’ra o’zidan deyarli 1 yosh kichiklar bilan bir guruhda yuradi. Bu haqida 1-marta tushuntirish berib, aytdimki, ertadan bog’chadagi eng katta bola siz bo’lasiz. Shuning uchun ustozlaringizga yordamchi bo’ling, kichiklarga bilmaganini o’rgatib liderlik qiling.

O’g’lim: lider nima degani?

Men: lider bu guruhdagi eng aqlli, hamma narsani biladigan va tadbirlarda guruh nomidan chiqib gapiradigan odam.

Bugun o’g’limni olgani bog’chasiga borsam, ustozi hayratlanib (yarim kulimsirab) shunaqa deyapti: Ertalabdan beri menga yordam beryapti, kichik guruhdagilarga shovqin qilsa tanbeh berib qo’yyapti, tushlikdan keyin men bilan birgalikda stollarni artib qo’yyapti. Nega unaqa qilyapsan deb so’rasam, chunki men bugundan liderman deydi😁

Xullas, meni doim xayratga soladigan narsa shuki muhim soft skillar hali uni nimaligini bilmasdan turib shakllantirilsa, insondagi ajralmas xatti-harakatga aylanib boradi. Agar o’g’limga yuqoridagi gapni 15 yoshligida aytgan bo’lganimda, katta ehtimol bilan liderlik qobilyatini sinab ko’rishi uchun biroz vaqt kerak bo’lgan bo’lardi.

Qancha erta boshlasangiz, shuncha tezroq ko’nikasiz!

🟩@yetakchi_notes
  • 👍 18
  • 💯 4
  • ❤ 3
More from @yetakchi_notes
  1. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  2. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  3. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  4. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  5. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
  6. Dec 31, 2024Sarhisob! Bundan deyarli 3 yil oldin, o’zimning kichik oilam bilan yangi yilni bayram sifa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →