TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #598 1.84K
Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?!

O’tgan yili eng ko’p o’qilgan postimda bu haqida qisman yozib o’tgandim. Bu safar biroz to’liqroq ulashmoqchiman. Bir necha qismli post bo’lishi ham mumkin.

Yaponlar nafaqat davlat o’laroq ichki madaniyatda, qolaversa millat o’laroq boshqa davlatlarga borsa ham o’sha madaniyatni, tartibni namoyon qilishini juda ko’p xalqaro musobaqalarda guvohi bo’lganmiz.

Xo’sh, buning sababi ular doim ma’lum bir chizib berilgan ramka ichida katta bo’lgani uchunmi? Yoki qayerda bo’lmasin yagona bir programmada ishlaydigan robort qilib tarbiyalangani uchunmi?

Qisman yuqoridagi sabablar javob bo’lishi mumkin. Lekin men 3 yoshgacha berilgan maktabgacha ta’limdagi ham akademik, ham ijtimoiy qiyinchiliklarga tayyorlaydigan tizimida deb bilaman.

Bu tizimdagi eng muhim ko’nikmalardan bular - Intizom va Sabrli bo’lish.

Intizom deganda turli ta’rif berish mumkin, lekin men 4,5 yoshli farzandimda quyidagi holatlarni kuzatib o’zim uchun xulosalar oldim:

- Oddiy qoidalarga amal qilish (Masalan, tish yuvayotganda suvni oqizib qo’ymaslik);
- Xonadan chiqishda chiroqni o’chirib yurish, yoqiq qolsa tanbeh ham beradi hechkim yo’qku bu xonada deb
- Qorni to’ygunicha ovqatlanish (Masalan, dasturxondagi hamma narsani yeyman deb harhasha qilmasligi yoki uvol bo’lmasin deb uni majburlamasligimiz;
- O’yinchoqlarini har qancha tartibsiz o’ynasa ham oxirida o’zi yig’ishtirib qo’yishi;
- Hojatxonaga 3 yoshidan boshlab faqat o’zi kirishi;
- 2 mahal tish yuvish, svetaforga amal qilish, ko’chadan kelib qo’lni yuvish va hkz.

Sabrli bo’lishni esa har xil jamoaviy o’yinlar orqali shakllantiradi. Masalan, qaysidir o’yinchoqni navbat bilan o’ynash va sherigi o’ynab bo’lgunicha sabr bilan kutishni 1 yoshligidanoq o’rgatiladi. Ko’pincha buning ta’sirida bolalar nimadirni biror kishi bilan bemalol ulashishga tayyor bo’lishadi, yoki biror joyda navbatlari kelishini sabr bilan kuta olishadi. Bir safar suzish maktabida o’g’lim suvni ichida o’yin bilan bo’lib oldidagi boladan (navbatidan) o’tib ketib qoldi. O’zbekda😁 Ustozi darrov kelib navbatni to’g’rilab qo’ydi.

Ya’ni, oq-qorani hali ajratishni bilmaydigan bolalarga bu kabi ko’nikmalarni o’rgatish aslida anchagina oson. Chunki ular oppoq qog’oz kabi, nimani yozsangiz shuni ko’rsatadi.

Keyingi postlarda yana bir boshqa muhim ko’nikma haqida yozishga harakat qilaman.

🟩 @yetakchi_notes
Telegram Xurshid Saidmuhammad | Notes Nega 3 yoshdan keyin kech? Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi. Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib…
  • 👍 11
  • 🔥 4
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
  • 😱 1
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
  6. Dec 31, 2024Sarhisob! Bundan deyarli 3 yil oldin, o’zimning kichik oilam bilan yangi yilni bayram sifa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →