TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #566 6.07K
Nega 3 yoshdan keyin kech?

Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi.

Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib ketmasin deb darrov telefon ovozini o’chirdi, chunki biz yashayotgan shaharda yer qimirlashi bo’lmayotgandi.

Ayolim xabar ovozini o’chirib-o’chirmay 3 yoshli o’g’lim darrov uyg’onib, ikki qo’li bilan boshini ushlab o’zini himoya qildi. Darrov quchoqlab, tinchlantirdik va yer qimirlamayotganini aytdik.

Ozginadan keyin nimaga unaqa qilganini so’rasak, ustozlarim aytgan yer qimirlayotganda agar stol bo’lmasa, boshingni shunaqa himoya qilishing kerak deb. Biz esa 😳

Mana nega yaponlar 3 yoshgacha bolalar bog’chasida faqat shunaqa hayot uchun kerakli eng muhim bilimlarni o’rgatishadi.

Farzandlarimiz Ingliz, Rus va Arab tillarini maktabda ham o’rganishi mumkin. Yaxshi taomlarni uyda ham qilib bersak bo’ladi. Maktabgacha ta’lim esa shu kabi muhim bilimlarni berish bilan shug’ullanishi kerak.

(Ma’lumot uchun, Yaponiya bog’chalarida har bitta bolaning o’zining yong’indan himoya qiladigan maxsus materialdan tikilgan plashi bor. Uxlayotganda yonida, ovqatlanayotganda stulining orqasida turadi)

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
  • 👍 29
  • ⚡ 7
  • 🔥 5
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 1
  • 😍 1
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →