TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #508 1.4K

Forwarded from Aziz Rahimov

Bulut kabi yig’laymiz

Bulutlarga qaraysiz. Yengilgina uchib yuradi. Bitta bulutning vazni kamida 500 000kg ligi bilib qolasiz. Shuncha vazni bilan qanday uchib yuribdi, hayron qolasiz.

Uni undan ham og’irroq havo ko’tarib turibdi. Biz ko’rmaymiz xolos.

Atrofimizda ham shunday. Katta ishlar qilayotgan liderning, ommaga ko’rinmaydigan jamoasi turibdi.

Tez ko’tarilayotgan yigitchaning, ommaga ko’rinmaydigan ajdodlari, ustozlari turibdi.

Kitob chiqargan akademikning, ommaga ko’rinmaydigan shogirdlari, yordamchilari turibdi.

Oson muvaffaqiyatdek ko’ringan ishda, ommaga ko’rinmaydigan qancha duolar, iltijolar turibdi.

Ostidagi havodan vazni ortsa bulut borini yo’qotadi. Buni yomg’ir deb ataymiz.

Xuddi shunday biz ham bizni ko’tarib turganlarni unutsak, kun kelib bulut kabi yig’laymiz.

@azizrakhimov_blog
  • ❤ 20
  • 👍 7
  • ❤‍🔥 2
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →