#101Maslahat
💡7️⃣9️⃣ G’oya reklama qilishga o’taylik!
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki xil turdagi reklamalarga ko’zimiz tushib turadi. Birinchisi, o’zini reklama qilish. Ya’ni shaxsiyatni reklama qilishga urg’u beriladi, qobilyatlari, shaxsiy brendi haqida gapirib ko’proq imkoniyatlarni qo’lga kiritiladi. Bu turdagi reklamalar ko’proq. Ikkinchisi, g’oyalarni reklama qilish. Ya’ni qilinayotgan ishdagi qadriyatlar, loyihalarning oliy maqsadi va uning insonlarga foydasi haqida gapirishga urg’u beriladi.
Birinchisidan ko’ra ikkinchisining umri uzun va keng ko’lamda ta’sir o’tkazadi. O’zgarishlar qilish uchun esa shaxsiyatdan ko’ra g’oyalarimizni reklama qilishimiz muhimroq hisoblanadi.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #506
1.23K
- 👍 8
- ❤🔥 2
- ❤ 1
- 👏 1