#101Maslahat
💡7️⃣5️⃣ Nimadir qilishni aytish - shikoyat qilishning bir ko’rinishi!
Shaxsiy yoki professional munosabatlarda mayda detallar juda muhim rol o’ynaydi. Ma’lum bir vazafilar ustida kelishuv bo’ladi va inson holi tabiiyki bir muddatdan so’ng kelishilgan vazifalar kechika boshlaydi.
Kutuvlar o’z o’rnida bo’lmagach, qarshimizdagi insonga kichik eslatmalar qilishni boshlaymiz. Uni qilib qo’ygin, buni qachon qilib qo’yasan. Lekin aksariyat holatlarda biz shunchaki eslatib qo’ydim deb o’ylaymiz. Natija bo’lmagach, yana eslatamiz va oxiri SHIKOYAT qilamiz. Qabul qiluvchi insonda esa “menga shikoyat” qilyapti degan tushuncha 1-eslatmadayoq miyyaga joylashib qoladi va shu vazifani bajarishga bo’lgan harakat sustlashib boraveradi.
Yechim shundaki, kichik eslatmalar bilan “shikoyat qilish”dan avval, sababini so’rashni va shu vazifa bajarilishi uchun siz qanday yordam qila olishingiz mumkinligi haqida muloqaat qilish kerak bo’ladi. Va eng qizig’i, bu uslub har qanday munosabatlarda ish beradi.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #500
1.13K
- 👍 9
- 🔥 8