#101Maslahat
💡7️⃣3️⃣ Shaxsiy javobgarlikni rag’batlantiring!
Mas’uliyatsiz muvaffaqiyatga erishib bo’lmasligi hammamizga ma’lum. Va ko’pchiligimizda hech bo’lmasa bir marotaba hayotimizda qandaydir mo’jiza sodir bo’lgan, qachonki, o’z xatti-harakatlarimiz va natijalarimizga faqat o’zimizni javobgar deb qabul qilganimizda.
Mashxur yozuvchilardan B.J Gallager va Stiv Ventura hammualliflikda yozgan bir kitobida, shaxsiy javobgarlikni rag’batlantirishning muhim faktorlari haqida yozishadi va quyidagi 10 ta muhim eslatmalarni qo’llanma sifatida taqdim etadi:
✅ Kimdir birinchi boshlab berishini kutmayman!
✅ Nima bo’lishidan qat’iy nazar, o’zimga bog’liq!
✅ Men bo’lmasam, kim? Hozir bo’lmasa, qachon?
✅ Hech bo’lmasa sinab ko’ray!
✅ Mas’uliyatdan qochmayman!
✅ Menga ishonsa bo’ladi!
✅ Bu meni vazifam, burchim!
✅ Shunchaki bajar! (Just do it)
✅ Bajaraman!
✅ MEN!
Tushunib yetganingizdek, muvaffaqiyatga erishish eng avval MENimizga bog’liq ekan!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #498
1.46K
- 🔥 8
- 👍 2
- ❤ 1
- ⚡ 1