#101Maslahat
💡7️⃣8️⃣ Murojaat qilishga odatlaning, ammo kutmang!
Oldingi jamoamizda bir Expert bo’lar edi.(Hozir ham bor, faqat boshqa filialimizda😊) Muammolarga yechimi bo’lsa ham yanada yaxshiroq yechim topish uchun doim rahbarlarga murojaat bilan kelib, fikrlarimiz bilan qiziqar edi. Ba’zida ra’d javobini olar edi, lekin bundan xafa bo’lib rahbar orqasidan jamoadoshlar bilan g’iybat qilib botqoqlikka botmasdan, yana yangi usullar bilan rahbarlardan HA javobini olishga harakat qilar edi. Bu harakati bilan jamoaga million dollarlik foydalar keltirgan va yaxshigina mukofotlangan ham.
Xulosa shuki, hech kim sizning murojaatlaringizga ijobiy javob berishga majbur emas. Bir gal negativ bo’lsa, 100 marta ijobiy javob olish ehtimolingiz katta. Shunchaki, murojaat qilishni odat qiling!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #505
1.24K

- 👍 12
- 🔥 4
- ❤🔥 1