TGViewer
Channel Public Channel
Kelajak aviatori/Юный авиатор

Kelajak aviatori/Юный авиатор

@uzaviators

Harbiy uchuvchi yoki muhandislik kasbini tanlab, hayotini armiya bilan bog'lamoqchi bo'lgan yoshlar uchun kanal. Saytimiz airforce.uz.
https://www.instagram.com/aviation_institute_usbekistan. Ка для тех кто хочет стать военным лётчиком или инженером.
Subscribers
2.54K
Photos
3.8K
Videos
996
Links
1.7K
Recent Posts 9 shown
Post #5921 423

Forwarded from Mudofaa — LIVE

⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, kursantlar hamda muddatli harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy tadbir o‘tkazildi.

Dam olish kuni rejasiga muvofiq, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida ishtirokchilar uchun “Sirli sandiq” spektakli namoyish etildi.

👉@mudofaalive
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 💯 1
  • 🏆 1
Post #5912 484
⚡️⚡️⚡️ HARBIY AVIATSIYA INSTITUTIDA “INSTITUT RAHBARI KUBOGI” O‘TKAZILDI.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati MMA (aralash jang san’ati) federatsiyasi bilan hamkorlikda Harbiy aviatsiya institutida ilk marotaba “Yuksak jangovar ruh — askarning yengilmas kuchi, armiyaning qudratidir!” shiori ostida “Institut rahbari kubogi” uchun aralash jang san’ati bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirokchilar o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarlik, mahorat, matonat va yuksak jangovar ruhlarini namoyish etdilar.Musoboqalarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.Mazkur musobaqa harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda yuksak jangovar ruhni shakllantirishga xizmat qildi.Yuksak jangovar ruh — kuchli armiya garovidir!

↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Airforce.uz
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 💯 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #5911 653
⚡️⚡️⚡️ Oʻquv uslubiy yigʻin davom etmoqda.
Tadbirning muhim jihatlaridan biri — turli oliy ta’lim muassasalaridan tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislarining tashrifidir. Mehmon ma’ruzachilar tomonidan ta’lim jarayonining dolzarb masalalari yuzasidan mazmunli ma’ruzalar o‘qilib, ilg‘or pedagogik yondashuvlar, zamonaviy metodlar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashilmoqda. Mazkur uchrashuvlar davomida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, fikr va mulohazalar bilan o‘rtoqlashish hamda kasbiy ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar bilan ochiq muloqot olib bormoqda.Bunday o‘quv-uslubiy tadbirlar ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va professor-o‘qituvchilarning kasbiy hamda pedagogik salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Airforce.uz
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👌 1
Post #5907 704

Forwarded from Mudofaa — LIVE

Qarshi shahrida uch avlod uchrashdi

Avlodlar o'rtasida ko'prik vazifasini o'tayotgan mazkur tadbirning navbatdagisi Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar ishlari bo'yicha kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya bilim yurtida o'tkazildi.

Maskanda ta'lim berayotgan ustozlar va kursantlarga okrug faxriylari tomonidan murakkab vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish, maqsadni aniq belgilagan holda harakat boshlash kabi maslahatlar berildi. Bugungi armiyada yaratilgan shart sharoitlar bir vaqtlar ular uchun orzu bo'lganligi, bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishga barcha birdek burchli ekanligi alohida ta'kidlandi.


👉@mudofaalive
Post #5906 1.24K
⚡️⚡️⚡️“Dronlar poygasi” musobaqasi boshlandi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida kursantlar o‘rtasida “Dronlar poygasi” musobaqasi boshlandi.Bellashuvda ishtirokchilar dronlarni boshqarish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Airforce.uz
  • ❤ 4
  • 👏 3
  • 🔥 1
  • 🎉 1
Post #5905 1.25K
🎙️ “Nuqtai nazar” radio eshittiruvi.
⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Lolaxon Saatova bilan birgalikda iqtisodiy madaniyat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida suhbatlashdik.
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram| Instagram | Airforce.uz
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🤩 1
Post #5904 1.08K

Forwarded from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💜💜💜💙💙💙

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔉Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi belgilandi

⭐️Adliya vazirligi Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3939, 2026-yil 14 sentabr).
 
🗃Tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida oʻtkaziladi.
 
🗃Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar  esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy koʻrikdan oʻtishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
 
🗃Tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi oʻtkaziladi.
 
🗃Tibbiy tekshiruv natijalari musbat boʻlgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
 
🔗Tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid maʼlumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi taʼminlanadi.

🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram X.com
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #5903 996
⚡️⚡️⚡️O‘QUV-USLUBIY YIG‘IN BOSHLANDI.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i asosida professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy bilim va pedagogik mahoratini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy yig‘in o‘z ishini boshladi.Yig‘in davomida institutning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirokida zamonaviy ta’lim metodlari, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda ta’lim samaradorligini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulot va ma’ruzalar tashkil etildi.Tadbir doirasida soha mutaxassislari va tajribali ma’ruzachilar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ishtirokchilarga zarur nazariy va amaliy bilimlar yetkazilib.Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar berildi.

↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram| Instagram | Airforce.uz
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🏆 1
Post #5899 1.29K

Forwarded from Mudofaa — LIVE

⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida yoshlarning harbiy ta’limga qiziqishini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy kasbning sharafli jihatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar institutdagi ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy texnika va jihozlar, kursantlarning kundalik faoliyati hamda amaliy mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, yoshlarga harbiy ta’lim olish imkoniyatlari, institutdagi o‘quv jarayoni va harbiy kasbning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.


👉@mudofaalive
  • 👍 3
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @uzaviators without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kelajak aviatori/Юный авиатор: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kelajak aviatori/Юный авиатор have?
Kelajak aviatori/Юный авиатор (@uzaviators) has 2.54K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kelajak aviatori/Юный авиатор know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →