Avlodlar o'rtasida ko'prik vazifasini o'tayotgan mazkur tadbirning navbatdagisi Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar ishlari bo'yicha kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya bilim yurtida o'tkazildi.
Maskanda ta'lim berayotgan ustozlar va kursantlarga okrug faxriylari tomonidan murakkab vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish, maqsadni aniq belgilagan holda harakat boshlash kabi maslahatlar berildi. Bugungi armiyada yaratilgan shart sharoitlar bir vaqtlar ular uchun orzu bo'lganligi, bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishga barcha birdek burchli ekanligi alohida ta'kidlandi.
👉@mudofaalive



