⚡️Foto, audio, video, qisqa va tezkor xabarlar.
⚡️"Mudofaa — LIVE" kanali Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga tegishli bo‘lib, unda e'lon qilinayotgan materiallar rasmiydir.
📌 Yangiliklar: @mudofaavazirligi
Post #19334
1.19K




⚡️⚡️⚡️Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining harbiy qism bosqichi bo‘lib o‘tdi.
👉@mudofaalive
Mazkur bosqich kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida alohida tartibda tashkil etildi.
Bellashuv shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z bilimlarini 50 ta test savoli orqali sinovdan o‘tkazdi. Topshiriqlarni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt ajratilib, har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholandi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida harbiy xizmatchilar mutolaa orqali egallagan bilimlarini namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy qism bosqichi g‘oliblari deb topildi.
👉@mudofaalive
- 🔥 2
- 👍 1
- 🤝 1














