TGViewer
Mudofaa — LIVE Mudofaa — LIVE @mudofaalive · 6.56K subscribers
Post #19334 2.27K
⚡️⚡️⚡️Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining harbiy qism bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bosqich kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida alohida tartibda tashkil etildi.

Bellashuv shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z bilimlarini 50 ta test savoli orqali sinovdan o‘tkazdi. Topshiriqlarni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt ajratilib, har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholandi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida harbiy xizmatchilar mutolaa orqali egallagan bilimlarini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy qism bosqichi g‘oliblari deb topildi.


👉@mudofaalive
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 🤝 1
More from @mudofaalive
  1. Sep 21, 2026⭐️Axborot 24 | Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xa…
  2. Sep 21, 2026⭐️Ахборот 24 | Военнослужащие Министерства обороны достойно выступили на Международных сор…
  3. Sep 21, 2026⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya in…
  4. Sep 20, 2026⭐️ Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy…
  5. Sep 20, 2026⭐️Mudofaa vazirligi harbiylarining navbatdagi xalqaro gʻalabasi Mudofaa vazirligi harbiy x…
  6. Sep 19, 2026⚡️⚡️⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida davom etayotgan “Harbiy kasbiy tayyorgar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →