TGViewer
Mudofaa — LIVE Mudofaa — LIVE @mudofaalive · 6.56K subscribers
Post #19317 1.4K
⚡️⚡️⚡️Otryad a'zolari bilan o‘quv-uslubiy seminar

Sharof Rashidov tumanida umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirokida o‘quv-uslubiy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirda otryad a’zolari, ularning ota-onalari va otryad rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quv nuqtalari tashkil etilib, ishtirokchilar ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan tanishtirildi. Yoshlarga harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, intizom va mas’uliyatning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, “Vatan tayanchi” otryadlari faoliyatini jadallashtirish, ularning nufuzini oshirish, oliy ta’lim muassasalari hamda muddatli harbiy xizmatga oid ma’lumotlar yetkazildi.


👉@mudofaalive
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
More from @mudofaalive
  1. Sep 21, 2026⭐️Axborot 24 | Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xa…
  2. Sep 21, 2026⭐️Ахборот 24 | Военнослужащие Министерства обороны достойно выступили на Международных сор…
  3. Sep 21, 2026⚡️⚡️⚡️Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida Qurolli Kuc…
  4. Sep 21, 2026⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya in…
  5. Sep 20, 2026⭐️ Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy…
  6. Sep 20, 2026⭐️Mudofaa vazirligi harbiylarining navbatdagi xalqaro gʻalabasi Mudofaa vazirligi harbiy x…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →