🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati MMA (aralash jang san’ati) federatsiyasi bilan hamkorlikda Harbiy aviatsiya institutida ilk marotaba “Yuksak jangovar ruh — askarning yengilmas kuchi, armiyaning qudratidir!” shiori ostida “Institut rahbari kubogi” uchun aralash jang san’ati bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirokchilar o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarlik, mahorat, matonat va yuksak jangovar ruhlarini namoyish etdilar.Musoboqalarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.Mazkur musobaqa harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda yuksak jangovar ruhni shakllantirishga xizmat qildi.Yuksak jangovar ruh — kuchli armiya garovidir!
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Airforce.uz








