🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i asosida professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy bilim va pedagogik mahoratini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy yig‘in o‘z ishini boshladi.Yig‘in davomida institutning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirokida zamonaviy ta’lim metodlari, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda ta’lim samaradorligini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulot va ma’ruzalar tashkil etildi.Tadbir doirasida soha mutaxassislari va tajribali ma’ruzachilar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ishtirokchilarga zarur nazariy va amaliy bilimlar yetkazilib.Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar berildi.
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram| Instagram | Airforce.uz