❤️🔥❤️🔥❤️🔥💜💜💜💙💙💙
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔉Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi belgilandi
⭐️Adliya vazirligi Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3939, 2026-yil 14 sentabr).
🗃Tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida oʻtkaziladi.
🗃Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy koʻrikdan oʻtishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
🗃Tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi oʻtkaziladi.
🗃Tibbiy tekshiruv natijalari musbat boʻlgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
🔗Tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid maʼlumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi taʼminlanadi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Post #5904
1.08K
