TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
TRM - Rasmiy kanal

TRM - Rasmiy kanal

@trm_uz

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rasmiy kanali

Rasmiy sahifalarimiz: https://linktr.ee/trmuz

🌐https://trm.uz
Subscribers
5.01K
Photos
3.1K
Videos
459
Links
1.5K
Recent Posts 12 shown
Post #3672 166
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Raqamli_pedagogika

Jorjtaun universiteti bilan hamkorlikda pedagoglar uchun generativ sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro seminar boshlandi


Joriy yilning 6-oktabr kuni Toshkent shahrida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va AQShning Jorjtaun universiteti hamkorligida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi uch kunlik xalqaro o‘quv-amaliy seminar boshlandi.

Batafsil: https://trm.uz/uz/axborot/yangiliklar/482

— — — — —

В сотрудничестве с Джорджтаунским университетом стартовал международный семинар по генеративному искусственному интеллекту для педагогов

6 октября текущего года в городе Ташкенте начался трёхдневный международный учебно-практический семинар на тему «Использование генеративного искусственного интеллекта в образовательном процессе и разработка онлайн-курсов», организованный Республиканским научно-методическим центром развития образования совместно с Джорджтаунским университетом (США).

Подробно: https://trm.uz/ru/axborot/yangiliklar/482

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3665 367
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Raqamli_pedagogika

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.

Seminarning birinchi kunida Jorjtaun universiteti professori Yanna Vovides va assistent Albina Yildiz ishtirokida generativ sun’iy intellektdan darslarni rejalashtirishda samarali foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Google for Education mutaxassislari Google sun’iy intellekt vositalarini dars jarayonida qo‘llash hamda sun’iy intellekt yordamida baholash topshiriqlarini yaratish imkoniyatlarini amaliy namoyish etmoqda.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3664 349
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Jorjtaun_universiteti

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.

Seminarda Jorjtaun universiteti professori Yanna Vovides universitet va Markaz o‘rtasidagi hamkorlik, uch kunlik dasturni ishlab chiqishda asos bo‘lgan yondashuvlar hamda ishtirokchilar bilan o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatiga to‘xtaldi.

“Biz uchun ushbu uch kunlik seminar faqat sizlarga bilim berishdan iborat emas. Bu birgalikda o‘rganish, tajriba almashish va amaliy yechimlarni birgalikda ishlab chiqish jarayonidir.

Dasturimizni ishlab chiqishda ikkita asosiy tamoyilga tayandik. Birinchisi, fikrlash va amaliyot. Ya’ni, faqat biror masala haqida o‘ylash bilan cheklanmay, o‘rganganlarimizni amalda sinab ko‘rish va muayyan muammolarga birgalikda yechim topish.

Ikkinchisi, bir-birimizdan o‘rganish. Bu yerda faqat biz sizlarga emas, sizlar ham o‘z tajribangiz orqali bizga yangi bilim berasiz.

Biz boshqa mamlakatda bevosita ta’lim amaliyoti bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar bilan ishlash va ulardan o‘rganish imkoniyatini juda qadrlaymiz. Bu tajribani o‘zimiz bilan olib ketib, o‘z faoliyatimizni ham takomillashtirishimiz mumkin.

O‘tgan yili boshlangan hamkorligimizni davom ettirayotganimizdan mamnunmiz va kelgusi uch kun davomida barchangiz bilan birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutamiz”, — dedi Yanna Vovides.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3663 278
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Raqamli_pedagogika

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.

Seminarning ochilishida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori Dildora Xakimova so‘z olib, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar institutning malaka oshirish hamda kasbiy rivojlantirish dasturlaridan allaqachon mustahkam o‘rin olgani, endilikdagi muhim vazifa bu imkoniyatlarni pedagoglarning kundalik amaliyotiga samarali olib kirish ekanini ta’kidladi.

“Sun’iy intellekt biz uchun bugun yangilik emas. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt institutimizdagi malaka oshirish, rahbar kadrlarni tayyorlash, shuningdek, "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" dasturlarining mazmunidan mustahkam o‘rin olgan.

Bugungi seminarda ishtirok etayotgan hududiy pedagogik markazlar vakillari joylarda pedagoglar bilan bevosita ishlaydigan mutaxassislar sifatida bu jarayonning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.

Shu bois bu uch kundan unumli foydalanib, savollar berishingiz, o‘z tajribangiz bilan o‘rtoqlashishingiz muhim. Eng asosiysi, bu yerda olingan bilim va tajriba shu auditoriyaning o‘zida qolib ketmasligi kerak.

Hududlarga qaytgach, ularni hamkasblaringiz va tinglovchilaringizga yetkazsangiz, seminarda olingan bilimlar pedagoglarning kundalik faoliyatida o‘z aksini topadi”, — dedi Dildora Xakimova.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3662 268
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Jorjtaun_universiteti

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.

Seminarni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Shaxzodbek Kurbaniyazov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda sun’iy intellekt vositalarini shunchaki o‘rganish emas, balki ulardan ta’lim sifati va pedagog faoliyati samaradorligini oshirishda maqsadli foydalanish muhimligini ta’kidladi.

“Bugun sun’iy intellekt ta’lim sohasiga ham jadal kirib kelmoqda. Shu bois yangi texnologiyalarni shunchaki o‘rganish emas, balki ulardan ta’lim sifati va pedagog faoliyati samaradorligini oshirishda maqsadli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu ma’noda seminar oldiga qo‘yilgan asosiy savol oddiy va dolzarb: sun’iy intellekt o‘qituvchining darsini qanday qilib yanada samarali tashkil etishga yordam beradi? Ushbu uch kunlik seminarning vazifasi ana shu savolga amaliy javob topishdan iborat.

Bugungi tadbir xalqaro hamkorligimizning amaliy ifodasi sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan Jorjtaun universiteti professori Yanna Vovides va Albina Yildiz xonimga yurtimizga xush kelibsiz deyman hamda o‘z bilim va tajribasini o‘zbekistonlik hamkasblari bilan baham ko‘rayotgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Seminar davomida ishtirokchilar generativ sun’iy intellekt vositalaridan darslarni rejalashtirish, topshiriq va baholash mezonlarini ishlab chiqish, samarali promptlar tuzish hamda onlayn kurslarni loyihalashda foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Ishonamanki, ushbu seminar xorijiy tajribani milliy ta’lim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish, yangi metodik yechimlarni shakllantirish va ularni keng ommalashtirishga xizmat qiladi”, — dedi Shaxzodbek Kurbaniyazov.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3659 7.52K
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Raqamli_pedagogika

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar o’tkazilmoqda.

Seminarning birinchi kunida Jorjtaun universiteti professori Yanna Vovides va assistent Albina Yildiz ishtirokida generativ sun’iy intellektdan darslarni rejalashtirishda samarali foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Shuningdek, Google for Education mutaxassislari Google sun’iy intellekt vositalarini dars jarayonida qo‘llash hamda sun’iy intellekt yordamida baholash topshiriqlarini yaratish imkoniyatlarini amaliy namoyish etmoqda.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3657 218

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.

Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
— 
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.

Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.

Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.

Facebook|Instagram|X
Post #3656 625
Olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar, talabalar, o‘quvchilar, texnologik kompaniyalar, ishlab chiqarish va biznes vakillari diqqatiga!

2026-yil 10-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro STEAM Assambleyasi — 2026 bo‘lib o‘tadi.

Assambleya doirasida STEAM loyihalari tanlovi tashkil etilib, unda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari vakillari yakka tartibda yoki jamoa shaklida ishtirok etishi mumkin.

Tanlov 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

Science — «Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot loyihasi»,

Technology — «Eng yaxshi texnologik yechim»,

Engineering — «Eng yaxshi muhandislik yechimi»,

Arts — «Eng yaxshi kreativ STEAM yechimi»,

Mathematics — «Eng yaxshi matematik va analitik yechim».


Ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 25-oktabrga qadar @STEAM2026TanlovBot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

Saralashdan o‘tgan loyihalar Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan Assambleyada taqdim etiladi va g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanadi.

G‘oyangizni keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

— — — — — —

Вниманию учёных, педагогов, исследователей, студентов, учащихся, представителей технологических компаний, производства и бизнеса!

10 ноября 2026 года в Ташкенте состоится Международная STEAM Ассамблея — 2026.

В рамках Ассамблеи будет организован конкурс STEAM-проектов, в котором смогут принять участие представители всех уровней системы непрерывного образования индивидуально или в составе команды.

Конкурс проводится по 5 номинациям:

Science — «Лучший научно-исследовательский проект»,

Technology — «Лучшее технологическое решение»,

Engineering — «Лучшее инженерное решение»,

Arts — «Лучшее креативное STEAM-решение»,

Mathematics — «Лучшее математическое и аналитическое решение».


Заявки на участие принимаются до 25 октября 2026 года через Telegram-бот @STEAM2026TanlovBot.

Проекты, прошедшие отбор, будут представлены на Ассамблее в Hilton Tashkent City, а победители будут награждены в торжественной обстановке.

Не упустите возможность представить свою идею широкой аудитории!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3655 564
🔹 Tadqiqotchilar, olimlar, doktorantlar va soha mutaxassislari diqqatiga!

🔹 2026-yil 16–17-oktabr kunlari Toshkent shahrida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida ICIST 2026 — “Intelligent Infrastructure and Smart Technologies” birinchi xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.

🔹 Konferensiya sun’iy intellekt, buyumlar interneti, kiberxavfsizlik, bulutli texnologiyalar va ma’lumotlar ilmi yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar uchun ilmiy ishlarini nashr etish, xalqaro tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Tadbir gibrid formatda tashkil etiladi.

🔹 Maqolalarni topshirish muddati yaqinlashmoqda.

🔹 Maqola yuborish: https://cmt3.research.microsoft.com/IntConfIIS2026

🔹 Batafsil ma’lumot: https://www.icist-conf.com

— — — — —

🔹 Вниманию исследователей, учёных, докторантов и отраслевых специалистов!

🔹 16–17 октября 2026 года в Ташкенте Республиканским научно-методическим центром развития образования совместно с Ташкентским университетом информационных технологий будет проведена первая международная конференция ICIST 2026 — «Intelligent Infrastructure and Smart Technologies».

🔹 Конференция предоставит исследователям в области искусственного интеллекта, интернета вещей, кибербезопасности, облачных технологий и науки о данных возможность опубликовать результаты своих исследований, обменяться международным опытом и установить новые профессиональные связи. Мероприятие пройдёт в гибридном формате.

🔹 Срок подачи статей приближается.

🔹 Отправить статью: https://cmt3.research.microsoft.com/IntConfIIS2026

🔹 Подробная информация: https://www.icist-conf.com

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3654 5.04K
#Tabrik
#1_oktyabr
#Muhim_sana

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizning sabr va fidoyilik bilan berayotgan mehringiz har bir o‘quvchining hayot yo‘lida muhim iz qoldiradi. Bugun sinfxonada berilgan bilim, bildirilgan ishonch va ko‘rsatilgan e’tibor ertaga yoshlarning katta yutuqlariga zamin yaratadi.

Kelajak avlodni tafakkuri teran va Vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Doimo shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehnatingiz samarasini ko‘rib yuring. Hayotingiz farovonlik, e’tirof va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3644 691
Bugun poytaxtimizda “1-oktabr — O‘qutuvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🔰 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Shaxzodbek Kurbaniyazov, vazirlik mas’ullari va pedagoglar ishtirok etishdi.


🔹 Tadbir dasturi doirasida tashkil etilgan madaniyat va san’at vakillari chiqishlari qatnashchilarda alohida taassurot qoldirdi.

🔰Jarayonlar fotolavhalarda.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Older posts →

About this channel

How can I read @trm_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TRM - Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TRM - Rasmiy kanal have?
TRM - Rasmiy kanal (@trm_uz) has 5.01K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TRM - Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →