#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Raqamli_pedagogika
🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.
Seminarning birinchi kunida Jorjtaun universiteti professori Yanna Vovides va assistent Albina Yildiz ishtirokida generativ sun’iy intellektdan darslarni rejalashtirishda samarali foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, Google for Education mutaxassislari Google sun’iy intellekt vositalarini dars jarayonida qo‘llash hamda sun’iy intellekt yordamida baholash topshiriqlarini yaratish imkoniyatlarini amaliy namoyish etmoqda.
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3665
369






