TGViewer
TRM - Rasmiy kanal TRM - Rasmiy kanal @trm_uz · 5.01K subscribers
Post #3663 298
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik
#Raqamli_pedagogika

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.

Seminarning ochilishida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori Dildora Xakimova so‘z olib, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar institutning malaka oshirish hamda kasbiy rivojlantirish dasturlaridan allaqachon mustahkam o‘rin olgani, endilikdagi muhim vazifa bu imkoniyatlarni pedagoglarning kundalik amaliyotiga samarali olib kirish ekanini ta’kidladi.

“Sun’iy intellekt biz uchun bugun yangilik emas. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt institutimizdagi malaka oshirish, rahbar kadrlarni tayyorlash, shuningdek, "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" dasturlarining mazmunidan mustahkam o‘rin olgan.

Bugungi seminarda ishtirok etayotgan hududiy pedagogik markazlar vakillari joylarda pedagoglar bilan bevosita ishlaydigan mutaxassislar sifatida bu jarayonning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.

Shu bois bu uch kundan unumli foydalanib, savollar berishingiz, o‘z tajribangiz bilan o‘rtoqlashishingiz muhim. Eng asosiysi, bu yerda olingan bilim va tajriba shu auditoriyaning o‘zida qolib ketmasligi kerak.

Hududlarga qaytgach, ularni hamkasblaringiz va tinglovchilaringizga yetkazsangiz, seminarda olingan bilimlar pedagoglarning kundalik faoliyatida o‘z aksini topadi”, — dedi Dildora Xakimova.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
More from @trm_uz
  1. Oct 7, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika 🔹 Ta’limni rivojlantirish respubl…
  2. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika Jorjtaun universiteti bilan hamkor…
  3. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlanti…
  4. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Jorjtaun_universiteti 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojla…
  5. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Jorjtaun_universiteti 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojla…
  6. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlanti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →