#Xalqaro_hamkorlik
#Jorjtaun_universiteti
🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.
Seminarda Jorjtaun universiteti professori Yanna Vovides universitet va Markaz o‘rtasidagi hamkorlik, uch kunlik dasturni ishlab chiqishda asos bo‘lgan yondashuvlar hamda ishtirokchilar bilan o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatiga to‘xtaldi.
“Biz uchun ushbu uch kunlik seminar faqat sizlarga bilim berishdan iborat emas. Bu birgalikda o‘rganish, tajriba almashish va amaliy yechimlarni birgalikda ishlab chiqish jarayonidir.
Dasturimizni ishlab chiqishda ikkita asosiy tamoyilga tayandik. Birinchisi, fikrlash va amaliyot. Ya’ni, faqat biror masala haqida o‘ylash bilan cheklanmay, o‘rganganlarimizni amalda sinab ko‘rish va muayyan muammolarga birgalikda yechim topish.
Ikkinchisi, bir-birimizdan o‘rganish. Bu yerda faqat biz sizlarga emas, sizlar ham o‘z tajribangiz orqali bizga yangi bilim berasiz.
Biz boshqa mamlakatda bevosita ta’lim amaliyoti bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar bilan ishlash va ulardan o‘rganish imkoniyatini juda qadrlaymiz. Bu tajribani o‘zimiz bilan olib ketib, o‘z faoliyatimizni ham takomillashtirishimiz mumkin.
O‘tgan yili boshlangan hamkorligimizni davom ettirayotganimizdan mamnunmiz va kelgusi uch kun davomida barchangiz bilan birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutamiz”, — dedi Yanna Vovides.
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
