#Tabrik
#1_oktyabr
#Muhim_sana
Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizning sabr va fidoyilik bilan berayotgan mehringiz har bir o‘quvchining hayot yo‘lida muhim iz qoldiradi. Bugun sinfxonada berilgan bilim, bildirilgan ishonch va ko‘rsatilgan e’tibor ertaga yoshlarning katta yutuqlariga zamin yaratadi.
Kelajak avlodni tafakkuri teran va Vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Doimo shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehnatingiz samarasini ko‘rib yuring. Hayotingiz farovonlik, e’tirof va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Post #3654
5.04K