TGViewer
TRM - Rasmiy kanal TRM - Rasmiy kanal @trm_uz · 5.01K subscribers
Post #3656 626
Olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar, talabalar, o‘quvchilar, texnologik kompaniyalar, ishlab chiqarish va biznes vakillari diqqatiga!

2026-yil 10-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro STEAM Assambleyasi — 2026 bo‘lib o‘tadi.

Assambleya doirasida STEAM loyihalari tanlovi tashkil etilib, unda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari vakillari yakka tartibda yoki jamoa shaklida ishtirok etishi mumkin.

Tanlov 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

Science — «Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot loyihasi»,

Technology — «Eng yaxshi texnologik yechim»,

Engineering — «Eng yaxshi muhandislik yechimi»,

Arts — «Eng yaxshi kreativ STEAM yechimi»,

Mathematics — «Eng yaxshi matematik va analitik yechim».


Ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 25-oktabrga qadar @STEAM2026TanlovBot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

Saralashdan o‘tgan loyihalar Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan Assambleyada taqdim etiladi va g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanadi.

G‘oyangizni keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

— — — — — —

Вниманию учёных, педагогов, исследователей, студентов, учащихся, представителей технологических компаний, производства и бизнеса!

10 ноября 2026 года в Ташкенте состоится Международная STEAM Ассамблея — 2026.

В рамках Ассамблеи будет организован конкурс STEAM-проектов, в котором смогут принять участие представители всех уровней системы непрерывного образования индивидуально или в составе команды.

Конкурс проводится по 5 номинациям:

Science — «Лучший научно-исследовательский проект»,

Technology — «Лучшее технологическое решение»,

Engineering — «Лучшее инженерное решение»,

Arts — «Лучшее креативное STEAM-решение»,

Mathematics — «Лучшее математическое и аналитическое решение».


Заявки на участие принимаются до 25 октября 2026 года через Telegram-бот @STEAM2026TanlovBot.

Проекты, прошедшие отбор, будут представлены на Ассамблее в Hilton Tashkent City, а победители будут награждены в торжественной обстановке.

Не упустите возможность представить свою идею широкой аудитории!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
More from @trm_uz
  1. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika Jorjtaun universiteti bilan hamkor…
  2. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlanti…
  3. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Jorjtaun_universiteti 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojla…
  4. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlanti…
  5. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Jorjtaun_universiteti 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojla…
  6. Oct 6, 2026#Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_pedagogika 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlanti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →