TGViewer
Channel Public Channel
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

@toshdeptransport

Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Subscribers
1.56K
Photos
5.4K
Videos
901
Links
2.6K
Recent Posts 20 shown
Post #7817 385
🚌 To‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 276-son qarori bilan
1-sentabrdan yo‘lovchilar yo‘lkira haqini avtobusga chiqish vaqtida to‘lashi qat’iy belgilangan.

“Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • 👍 5
  • 🤯 2
Post #7816 1.81K
⚡️ DIQQAT, E’LON!

Chingiz Aytmatov ko‘chasida olib borilayotgan kommunal ta’mirlash ishlari sababli 38-sonli avtobus yo‘nalishining “O‘zqishloqmash zavodi” so‘nggi bekati tomon harakat chizmasi vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

🚌 Vaqtinchalik harakat yo‘nalishi:
38-sonli avtobuslar Chingiz Aytmatov ko‘chasini chetlab o‘tib, Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari orqali harakatlanadi.

⚠️ Ta’mirlash ishlari davomida mazkur hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin.

Shu sababli qatnov oraliq intervallari uzayishi, shuningdek, zaruratga ko‘ra yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yo‘lovchilardan qatnovlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • 👍 5
  • ❤ 2
Post #7809 1.97K
⚡️ DIQQAT, E’LON!

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Shimoliy Olmazor ko‘chasida olib borilayotgan kommunal ta’mirlash ishlari sababli 78- va 124-sonli avtobus yo‘nalishlarining bir tomonlama harakat chizmasi vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

🚌 78-sonli avtobus yo‘nalishi
Beruniy metrosi tomon — Usta Shirin, Qorasaroy, Dilsaroy va Oltinsoy ko‘chalari orqali, Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmagan holda harakatlanadi.
Toshkent vokzali tomon — harakat yo‘nalishi o‘zgarishsiz qoladi.

🚌 124-sonli avtobus yo‘nalishi Beruniy metrosi tomon — A. Donish va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali, Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmagan holda harakatlanadi.— Yunusobod 9-dahasi tomon harakat yo‘nalishi o‘zgarishsiz qoladi.

⚠️ Ta’mirlash ishlari davomida mazkur hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli qatnov oraliq intervallari uzayishi, shuningdek, zaruratga ko‘ra yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yo‘lovchilardan qatnovlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #7808 562
📢 E’LON!

2026-yil 19-oktabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)

Toshkent shahar hududidagi shahar yo'nalishli taksi yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:

▸186 — Chorsu savdo markazi-Xasanboy jamoa xo'jaligi (Ikkala tomondan) (M2)

⚠️ Muhim:

• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
  • ❤ 2
Post #7807 566
📢 E’LON!

2026-yil 22-oktabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)

Toshkent shahar hududidagi shahar avtobus yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:

▸102 — Chorsu savdo markazi-Chilonzor metrosi (Ikkala tomondan) (M3)

⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
  • ❤ 4
  • 👍 1
Post #7806 431

Forwarded from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

#SOʻROVNOMA
 
🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi so‘rovnomasi
 
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! So‘nggi yillarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yangi avtobus va elektrobuslar olib kelish hamda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
 
📊Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu o‘zgarishlarni baholash va xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida mazkur so‘rovnomani o‘tkazmoqda.
 
✔️Sizning fikringiz biz uchun muhim!
 
Toshkent shahar jamoat transporti xizmatlariga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimizdan ushbu so'rovnomada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
 
 
📱So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin!
 
 
✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
  • ❤ 4
  • 👍 2
Post #7805 1.16K
188-sonli avtobus yo‘nalishi harakati yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda 188-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi avtobuslarning oraliq intervali va yo‘lovchilar gavjumligi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar soha mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, hozirgi kunda mazkur 188-sonli yo‘nalish bo‘yicha:

🚍 Biriktirilgan avtobuslar soni: 12 ta
🚏 Avtobus rusumi: SAZ LE-60 (o‘rta sig‘imli)
⏱️ Rejali harakat oraliq intervali: 9–11 daqiqani tashkil etadi

👥 Ma’lumki, yangi o‘quv mavsumi boshlanishi munosabati bilan shahar bo‘ylab jamoat transportiga bo‘lgan umumiy ehtiyoj, xususan talaba va o‘quvchilar oqimi keskin ortgan. Ayniqsa, ertalabki va kechki tig‘iz soatlarda o‘qish va ish vaqti boshlanishi arafasida muayyan bekatlarda yo‘lovchilarning bir vaqtning o‘zida ommaviy to‘planishi kuzatilmoqda.

🟢 Mazkur yo‘nalishda jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirish qismidagi chorrahalarda svetoforlarning muvofiqlashtirilgan “yashil to‘lqin” tizimi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar avtobuslarning chorrahalarda ushlanib qolishining oldini olib, qatnovlarning tasdiqlangan harakat jadvali va oraliq intervallariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi.

📊 Yo‘nalishdagi harakat intizomi va oraliq intervallar "Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, qatnovlar muntazamligini saqlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ishlari davom ettirilmoqda.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #7804 608

Forwarded from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

BU KUN | Jamoat transportini tekin deb o‘ylaganlarga qarshi nazorat
 
 Jamoat transportida har qanday safar yo‘l haqini to‘lashdan boshlanadi. Hatto eng qisqa masofaga safar ham.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-sentabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi.

Yo‘lkira haqini transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish hamda bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali amalga oshirish mumkin.
 
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #7803 667

Forwarded from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

🚍Toshkent avtobuslari — britaniyalik sayyoh nigohida

Britaniyalik Instagram-bloger Jason Rupp Toshkent bo‘ylab avtobusda sayohat qilib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. U yo‘l haqi juda arzonligi, avtobuslar ozoda ekani va ularni uzoq kutishga to‘g‘ri kelmasligini alohida qayd etdi.

Jason Ruppning Toshkent jamoat transporti haqidagi fikrlari — o‘zbekcha subtitrlarda.

—

🚍Ташкентские автобусы глазами британского туриста

Instagram-блогер из Великобритании Джейсон Рапп проехался по Ташкенту на автобусе и поделился своими впечатлениями. Он отдельно отметил очень доступную стоимость проезда, чистоту в салонах и то, что автобусы не приходится долго ждать.

Впечатления от общественного транспорта Ташкента — смотрите в видео.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
  • ❤ 5
Post #7802 571

Forwarded from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

🚌 To‘lov madaniyati shahar jamoat transportini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi
 
Yo‘l haqi to‘lovlaridan tushgan mablag‘lar shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish, barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash va infratuzilmani yanada yaxshilash uchun sarflanadi.
 
✔️ Barcha yo‘lovchilardan yo‘l haqi to‘lovlarni avtobusga chiqishi bilan amalga oshirishlarini so‘rab qolamiz. Yo‘l haqi to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida shahar avtobus yo‘nalishlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
 
👮‍♂️Nazoratchilar faoliyati rejaviy tartibda, maxsus dasturiy ta’minotlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan hamda o‘tgan davrga nisbatan solishtirgan holda olib borilmoqda. Bunda aynan yo‘lovchi oqimi yuqori, biroq yo‘l haqi tushumi pasaygan yo‘nalishlar tanlab olinib, inspektorlar tomonidan har kuni kuchaytirilgan tartibda maqsadli reydlar tashkil etilmoqda.
 
2026-yilning 1 – 18-sentabr kunlari avtobuslarda chiptasiz yurgan 11 733 nafar yo‘lovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 
🚌 Культура оплаты проезда — важная составляющая развития городского общественного транспорта

Средства, поступающие от оплаты проезда, направляются на развитие системы городского общественного транспорта, обеспечение ее стабильной работы и дальнейшее улучшение инфраструктуры.

✔️Просим всех пассажиров оплачивать проезд сразу при посадке в автобус. В целях обеспечения своевременной оплаты проезда на городских автобусных маршрутах проводятся контрольные мероприятия.

👮‍♂️Работа контролеров осуществляется в плановом порядке на основе анализа данных, полученных с помощью специального программного обеспечения, и их сопоставления с предыдущим периодом. При этом выбираются именно те маршруты, где наблюдается высокий пассажиропоток, но снизились поступления от оплаты проезда, и инспекторы ежедневно в усиленном режиме организовывают на них целевые рейды.

С 1 по 18 сентября 2026 года в отношении 11 733 пассажиров, ехавших в автобусах без билета, были оформлены административные протоколы на основании части 5 статьи 144 Кодекса об административной ответственности.

  
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
  • ❤ 6
  • 👍 1
  • 🤯 1
Post #7801 624
Toshkent shahrida jamoat transportida chiptasiz yurish holatlariga qarshi nazorat tadbirlari davom etmoqda.

«Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi tomonidan poytaxtimizdagi avtobus yo‘nalishlarida muntazam nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Nazoratchilarning faoliyati rejaviy tartibda, maxsus dasturiy ta’minotlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan hamda o‘tgan davrga nisbatan solishtirgan holda olib borilmoqda. Bunda aynan yo‘lovchi oqimi yuqori, biroq yo‘l haqi tushumi pasaygan yo‘nalishlar tanlab olinib, inspektorlar tomonidan har kuni kuchaytirilgan tartibda maqsadli reydlar tashkil etilmoqda.

Hurmatli yo‘lovchilar, jamoat transportidan foydalanganda yo‘l haqini o‘z vaqtida elektron to‘lov vositalari yoki chiptalar orqali to‘lashingizni hamda qonun talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #7799 920
🚌 10-sonli yo‘nalishda yangilanish: Kamroq qatnov bilan 2,5 barobar ko‘p yo‘lovchi va byudjet tejamkorligi!

“Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi – Yunusobod mavzesi 12-dahasi” yo‘nalishidagi eskirgan Mercedes-Benz avtobuslari to‘liq yangi, zamonaviy ANKAI avtobuslariga almashtirildi.

📊 Raqamlarda qiyosiy tahlil:

🔹 Kunlik yo‘lovchi oqimi: 2 316 nafardan
5 899 nafarga yetdi (2,5 barobar o‘sish).

🔹 1 km masofaga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchi: 1,1 nafardan 2,4 nafarga oshdi.

🔹 Avtobuslar soni: 10 tadan 8 taga maqbullashtirildi (qatnov oralig‘i — 16 daqiqa).

🔹 Kunlik qatnovlar: 138 tadan 108 taga qisqardi (30 ta qatnov maqbullashtirildi).

🔹 Kunlik umumiy masofa: 8 ta jadval asosida 2 463 km qatnov bajarilmoqda.

💰 Byudjet subsidiyalarini tejash: Harakat jadvallari va qatnovlar sonining maqbullashtirilishi ekspluatatsiya xarajatlarini pasaytirib, Davlat byudjetidan jamoat transportiga ajratiladigan subsidiya mablag‘larini jiddiy iqtisod qilishga xizmat qilmoqda.

✨ Yo'lovchilar uchun qulaylik: Yangi ANKAI avtobuslari to‘liq sovutish va isitish tizimlari, ovozli e’lon, videokuzatuv hamda elektron axborot ekranlari bilan jihozlangan. Qulaylik va xavfsizlik darajasining oshishi aholining jamoat transportiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

🤝 Kelgusida ham poytaxtning boshqa avtobus yo‘nalishlariga xususiy tashuvchilarni keng jalb qilish ishlari izchil davom ettiriladi. Bu esa sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda shahar jamoat transporti tizimini yanada jozibador qilishga xizmat qiladi.

Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • 🤨 11
  • 🤔 6
  • 🤣 5
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🤯 2
  • 😁 1
  • 😐 1
Post #7798 3.25K
⚡️ DIQQAT, E’LON!

Chingiz Aytmatov ko‘chasida olib borilayotgan kommunal soha ta’mirlash ishlari sababli, 88-sonli avtobus yo‘nalishining “M. Yusuf ko‘chasi” so‘nggi bekati tomon harakat chizmasi vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

🔹 Vaqtinchalik harakat yo‘nalishi: Avtobuslar Chingiz Aytmatov ko‘chasini chetlab o‘tib, Kichik halqa yo‘li, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik va Parkent ko‘chalari orqali harakatlanadi.

⚠️ Mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjudligi sababli, qatnov oraliq intervallari uzayishi hamda yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • ❤ 4
Post #7797 977
🚌 Toshkent shahar jamoat transportida kunlik yo‘lovchi oqimi ko‘rsatkichlari

Zamonaviy elektrobuslar va avtobuslar har kuni minglab yurtdoshlarimizga qulay, xavfsiz va ekologik toza xizmat ko‘rsatmoqda.
📊 2026-yil 16-sentabr holatiga ko‘ra:
Shahar avtobuslari va elektrobuslarida kun davomida 1 511 470 nafar yo‘lovchi tashildi.
Biz shahar harakatini yanada qulay, yo‘llarni esa xavfsiz qilish yo‘lida xizmatdamiz:
🌱 Toza atmosfera — ekologik toza jamoat transporti ulushini oshirish
🛡 Xavfsiz harakat — yo‘lovchilar va harakat ishtirokchilari xavfsizligi
👥 Qulay sharoitlar — zamonaviy infratuzilma va uzluksiz qatnov
🌍 Barqaror kelajak — yashil va qulay shahar muhiti

Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #7796 1.05K
📺 "Zo‘rTV" telekanali "Bu kun" dasturida| Jamoat transportida yo‘l haqi narxi oshirilishi xususida maxsus reportaj

Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.
  • 👍 5
  • 🔥 1
  • 😢 1
Post #7795 1.83K
Hurmatli yo‘lovchilar!
Jamoat transportida qulay va tartibli harakatlanishni ta’minlash maqsadida, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab avtobusga chiqqan zahoti yo‘l haqini to‘lash tartibi joriy etildi.
Safaringiz ko‘ngildagidek o‘tishi va ortiqcha noqulayliklarga duch kelmaslik uchun to‘lovni kechiktirmasligingizni so‘raymiz (belgilangan qoidalarga rioya etilmagan holatlarda ma’muriy choralar qo‘llanilishi mumkin).
To‘lovlarni avtobusga chiqishingiz bilanoq ATTO kartalari yoki qulay elektron to‘lov vositalari orqali osonlik bilan amalga oshirishingiz mumkin.

O‘zaro hurmat va yo‘lovchilik madaniyatini birgalikda shakllantiraylik- yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lang!
  • ❤ 7
  • 👍 5
  • 🤔 1
  • 😢 1
Post #7794 1.75K
🚌 Shahar avtobuslarida yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi
2026-yil 15-sentabr kuni Toshkent shahar avtobuslarida yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord natija qayd etildi.

Kun davomida poytaxtimiz jamoat transporti (avtobus) xizmatlaridan 1 520 113 nafar yo‘lovchi foydalandi.

Jamoat transporti xizmatlarini faol tanlayotganingiz uchun barcha yo‘lovchilarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Jamoat transportini tanlash — yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish, toza ekologiyaga hissa qo‘shish va vaqtni unumli tejash demakdir. Shahrimiz bo‘ylab qulay, xavfsiz va tez harakatlanish uchun jamoat transporti xizmatlaridan muntazam foydalanishga chorlaymiz!

🚍 В городских автобусах зафиксирован рекордный показатель по перевозке пассажиров
15 сентября 2026 года в автобусах Ташкента был зафиксирован рекордный показатель.
В течение дня услугами столичного общественного транспорта (автобусов) воспользовались 1 520 113 пассажиров.

Искренне благодарим каждого пассажира за доверие и активное пользование общественным транспортом!

Выбор в пользу общественного транспорта — это вклад в разгрузку столичных дорог, сохранение чистой экологии и экономию времени.

Призываем вас и дальше выбирать общественный транспорт для быстрых, безопасных и комфортных поездок по городу!
  • ❤ 10
  • 👍 8
  • 🤣 5
  • 🤯 2
  • 😢 1
Post #7793 1.52K
📢 E’LON!

2026-yil 16-oktabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)

Toshkent shahar hududidagi yo'nalishli taksi yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:

▸ 92M — Do'mbiraobod mavzesi-G'ofur G'ulom metrosi (Ikkala tomondan) (M2)

⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
  • ❤ 2
Post #7791 3.28K
⚡️ DIQQAT, EʼLON! HURMATLI YOʻLOVCHILAR!
⛔️ Toshkent shahrining Oqqoʻrgʻon koʻchasida kommunal soha tarmoqlarini taʼmirlash ishlari olib borilayotgani va yoʻl qismi vaqtinchalik yopilgani munosabati bilan, ushbu hudud orqali harakatlanuvchi 83-sonli avtobus yo‘nalishi harakati vaqtinchalik «Oqqo‘rg‘on ko‘chasi» bekatigacha qisqartiriladi.
⚠️ Muhim eslatma: Taʼmirlash ishlari sababli tutash koʻchalarda transport oqimi va tirbandlik ortishi mumkin. Shu bois oraliq intervallar choʻzilishi yoki zaruratga qarab harakat chizmasiga qoʻshimcha tezkor oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
📢 Safaringizni oldindan rejalashtirishingizni hamda muqobil yoʻnalishlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz.

Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #7790 1.4K
📢 Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt avtobuslaridan birida validator ishlamagani hamda haydovchining bunga befarq munosabatda bo‘lgani aks etgan video yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Mazkur avtobusdagi to‘lov tizimi mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan tekshirildi, yuzaga kelgan texnik nosozlik to‘liq bartaraf etilib, validator ta’mirlandi va qayta sozlandi. Hozirda barcha qurilmalar soz holatda ishlamoqda, yo‘l haqi odatdagi tartibda (transport kartalari 💳, bank kartalari 🏧 va QR-kod 📲 orqali) to‘siqlarsiz qabul qilinmoqda.
Yo‘lovchilar murojaatiga e’tiborsiz munosabatda bo‘lgan hamda nosozlik haqida dispetcherlik xizmatiga o‘z vaqtida xabar bermagan haydovchi qat’iy ogohlantirildi. Shuningdek, haydovchilar tarkibi texnik nosozlik paytida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha qayta yo‘riqnomadan o‘tkazildi.

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirishdagi faolligingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

📢 Официальный комментарий
Относительно видеоматериалов в социальных сетях о неработающем валидаторе в одном из столичных автобусов и безучастной реакции водителя сообщаем следующее:
Система оплаты в данном автобусе была оперативно проверена специалистами. Возникшая техническая неполадка полностью устранена, валидатор отремонтирован и заново настроен. На данный момент все устройства функционируют в штатном режиме, оплата проезда принимается без ограничений (транспортными картами 💳, банковскими картами 🏧 и по QR-коду 📲).
Водитель, проявивший невнимательность к обращению пассажиров и своевременно не передавший сигнал о сбое в диспетчерскую службу, строго предупрежден. С водительским составом проведен повторный инструктаж о четком порядке действий при возникновении технических неисправностей.

Благодарим пассажиров за активную гражданскую позицию и содействие в улучшении качества услуг общественного транспорта!

Главное управление транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента
  • ❤ 5
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @toshdeptransport without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi have?
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi (@toshdeptransport) has 1.56K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →