⚡️ DIQQAT, E’LON!
Chingiz Aytmatov ko‘chasida olib borilayotgan kommunal soha ta’mirlash ishlari sababli, 88-sonli avtobus yo‘nalishining “M. Yusuf ko‘chasi” so‘nggi bekati tomon harakat chizmasi vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
🔹 Vaqtinchalik harakat yo‘nalishi: Avtobuslar Chingiz Aytmatov ko‘chasini chetlab o‘tib, Kichik halqa yo‘li, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik va Parkent ko‘chalari orqali harakatlanadi.
⚠️ Mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjudligi sababli, qatnov oraliq intervallari uzayishi hamda yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7798
3.28K

- ❤ 4